So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3

Vadim Abramov: "Har bir g'alabaning o'z o'rni bor" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Har bir g'alabaning o'z o'rni bor"

O'zbekiston Superkubogi doirasidagi "Paxtakor" - "Lokomotiv" (0:4) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Vadim Abramov ishtirok etdi.
- Bugun Abduxoliqov ajoyib o'ynadi. O'tgan o'yinlarda u qanotda o'ynagandi. Bugun hujumda o'rtada o'ynadi. Balki uni shu erda o'ynatavergan maquldir.
- U o'tgan o'yinlarda ham hujumda o'ynagandi. SHunchaki bugun jamoa ham unga yordam berib bordi. SHu bois Temurxo'ja ko'p imkoniyatga ega bo'ldi.

- Nima uchun bugungidek o'yin OCHLda ko'rsatilmagandi?
- Nega endi, biz doim shunday o'ynashga urinamiz. OCHLga Superkubokdan ko'ra ko'proq etibor qilamiz. SHunchaki yigitlar o'yindan o'yinga o'zlarini yaxshi ko'rsatishmoqda.

- Bugun Superkubokda g'olib bo'ldingiz. Ammo ko'rinishingiz xuddi mag'lub bo'lganlardek.
- Men shunday yoshdamanki g'oliblikdan u qadar quvonmayman. Bugun barcha seni tabriklaydi, agar yutqazib qo'ysak hamma urishadi. Bu - hayot.

- Bugungi g'alabani o'tgan yil "Paxtakor"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatga almasharmidingiz?

- Yo'q, men hech bir g'alabani almashmayman. Har bir g'alaba o'ziga yarasha lazzatli. O'z vaqtida BAAga yutqazgandik, Avstraliyaga 0:6 hisobida mag'lub bo'lgandik.

- Temur Kapadze maydonga tusha olmasa uning o'rnini to'ldiradigan futbolchilar bormi?
- Albatta, tarkibda yosh futbolchilar bor. Kapadze ancha charchagan shu bois o'zining bor imkoniyatini ishga sola olmayapti.

- Terma jamoadan qaytgan futbolchilar charchagan deyapsiz. Keyingi safar bu futbolchilarga terma jamoanga chaqirilsa kamroq mashg'ulot o'tkazishni so'rarsiz?

- Yo'q, siz tushunmadingiz. Barcha klub terma jamoa manfaati uchun ishlaydi. SHunchaki ular Osiyo Kubogidek musobaqadan qaytib kelishdi. Masalan, siz Mersedes minib yurasiz va keyin Tikoga o'tasiz. Vaziyat qanday bo'ladi, futbolchilarda ham shunday.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика