So’nggi yangiliklar

17:37Жуд Беллингем "Реал"ни тарк этиши мумкин. "Манчестер Сити" катта таклиф тайёрламоқда  0 17:00Суперлига. "Динамо" – "Андижон" (матнли трансляция)  12 16:50Зиркзее "Манчестер Юнайтед"ни тарк этиши мумкин  0 16:21Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон кучли жамоа. Буни қўрққанимдан эмас, ҳурмат юзасидан айтяпман"  3 15:36Холанд Криштианунинг "абадий" рекордини янгилай оладими? Бунга неча йил талаб этилади?   10 14:44Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-23 Вьетнамни мағлуб этди  6 14:24ПСЖ Винисиус учун лойиҳа тайёрламоқда. Парижликлар бразилияликни текинга қўлга киритишмоқчи  4 13:22Гарсия "Реал"дан кетадими?  2 12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  1 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  7 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  18 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  4 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  19 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  33

Vadim Abramov: "Hamrobekov yuqori klassdagi futbolchi, lekin..." Yangiliklar

Vadim Abramov: "Hamrobekov yuqori klassdagi futbolchi, lekin..."

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaman bilan bahsga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Kechagi mashg'ulotlardan so'ng bosh murabbiy Vadim Abramovdan bir qator savollarga javob oldik.

- Olimpiya terma jamoasi bilan o'yindan keyin to'rt futbolchiga javob berdingiz...
- Bir necha kun davomida o'yinchilarni sinab ko'rdik va 4 nafar futbolchini qo'yib yubordik. Ular yomon bo'lgani uchun emas, o'yin uchun qaydnomadan 23 futbolchi o'rin oladi, shu bois qolganlarni ushlab o'tirish noto'g'ri deb hisobladik.

- Olimpiya terma jamoasidan Sanjar Qodirqulovni milliy termaga jalb qildingiz. "Bunyodkor"da turli joylarda o'ynaganiga guvoh bo'lganmiz. Terma jamoada aynan qaysi poziciya uchun chaqirdingiz?

- To'g'ri Qodirqulov universal futbolchi, uni terma jamoada yarim himoyada o'ynatmoqchimiz.



- Yaman bilan o'yindan oldin sizni eng ko'p nima bezovta qilmoqda?

- Eng asosiysi futbolchilar ulardan nima talab qilayotganimizni tushunib etishlarini xohlardim. Kecha olimpiya terma jamoasi bilan o'ynadik, ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo noto'g'ri o'ynagan vaziyatlarimiz ham ko'p bo'ldi. SHularni to'g'rilash lozim. Nazariy mashg'ulotlar vaqtida futbolchilarga bularni tushuntiramiz.

- OTJ bilan bahsda Lutfulla To'raev maydonga tushganidan so'ng MTJ uch himoyachi taktikasiga o'tdi. Bu Yaman bilan o'yinga tayyorgarlikmi yoki kelajak uchun qilingan rejami?

- To'g'ri o'yin vaqtida futbolchilar buni tezda tushunib etishdi hamda taktik sxemamiz o'zgardi. Barchasi tarkibimizdagi ijrochilarga bog'liq. Hali buni o'rganamiz va o'ylaymiz. Ko'p narsa Yaman bilan bahs qanday davom etishiga bog'liq. Sizda o'yin davomida doim ikkinchi reja bo'lgani yaxshi. Biz faqat Yaman bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmayapmiz-ku to'g'rimi, kelajak haqida ham o'ylayapmiz.

- Odil Hamrobekov bugungi kundagi eng kuchli tayanch yarim himoyachisi bo'lib turibdi, o'z klubida ham stabil o'yin ko'rsatayotgandi, lekin uni yig'indan chiqardingiz. Buning aniq sababi bormi?

- Odil Hamrobekov "Paxtakor"da biroz boshqacharoq o'ynaydi, terma jamoada esa boshqacharoq o'ynamoqchimiz. SHu sababli bu o'ringa hozir boshqa futbolchini ko'rayapman. Odilni zaxirada olib o'tirsam unga foyda bo'ladi deb o'ylamayman. SHu bois "Paxtakor"ga qo'yib yubordik. Hamrobekov yuqori klassdagi futbolchi, kelajakda uni terma jamoaga chaqiramiz. Vaqt ko'proq bo'ladi, bir nechta o'rtoqlik o'yinlari o'tkazsak balki biz istagan o'yin uslubiga moslashib ketar.



- Hozir tarkibda 25 futbolchi bor. Yana ikki futbolchi yig'inni tark etadimi yoki barcha birga shug'ullanadiyu faqatgina o'yin qaydnomasiga kiritilmaydi xolosmi?

- Bilasiz Singapurga 23 nafar futbolchi olib ketishimiz kerak. Yaman bilan o'yinda xudo saqlasin kimdir jarohat olsa uning o'rniga futbolchi qidirib yurmaslik uchun yig'in oxirigacha 25 nafar futbolchi bilan mashg'ulot o'tkazib turamiz.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +104   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика