So’nggi yangiliklar

12:00Лунин қарор қилди  0 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  2 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  6 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  7 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  9 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  3 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  41 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  4

Vadim Abramov: "Geynrix muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsata oladi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Geynrix muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsata oladi"

"Lokomotiv" - "Navbahor" (2:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.
"Jamoamizga kelgan yangi futbolchilar tezda moslashib ketishdi. Bunga Avstriyadagi yig'in yordam berdi. Qolaversa bu futbolchilar mening uslubimni yaxshi bilishadi", - deydi Abramov.

- Jamoada sardor o'zgardimi yoki Karpenko maydonga tushmagani uchun To'xtaxo'jaev bu vazifani bajardimi?

- Ha Islom bizning vice-sardorimiz. Karpenko tushsa Viktor sardor bo'ladi.

- Siz Davlat Turdaliev bilan yaxshi tanish edingiz. U haqda qisqacha fikrlaringiz bormi?
- U bilan 2007 yil Avstriyadagi yig'in vaqtida tanishgandim. Turdalievda bir kishida kamdan-kam bo'lgan ikki jihat mujassam edi: Insoniylik va mutaxassislik. Afsuski u endi oramizda yo'q.

- Jamoada bironta legioner qolmadi...
- Sababi o'zimizning yigitlar ulardan kuchli. Avval ham shuni aytganman.

- SHog'ulomvni bugun o'yinga tayyor ekanligi uchun maydonga tushurdingizmi yoki raqib kuchini inobatga olibmi?
- Uning imkoniyatlarini yaxshi bilardim, raqibdan kelib chiqib shunday tarkibni tanladim. Uni kelajak uchun xarid qildik desak ham bo'ladi.

- Geynrixning o'yini chiqaversa chempionlik qo'lga kiritiladimi?
- Geynrixsiz ham ancha ochko to'plab qo'ydik. Sasha muxlislar uchun o'ynashni biladi. SHou qilishga usta futbolchi. Bu esa muxlislarga yoqadi.

- 10 avgustga qadar transfer oynasi ochiq. Yana o'zgarishlar bo'ladimi?
- Hozir aniq gap ayta olmayman. Jamoadagi futbolchilar o'yin amaliyotisiz qolib ketmasligini istayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика