So’nggi yangiliklar

13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  1 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  12 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  19 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  8 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  1 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  7 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  8 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  21 07:40Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2

Vadim Abramov: "Darvoza va markaziy himoya og'riqli nuqtamiz bo'lib qolmoqda. SHomurodov keyingi o'yinda yanada yaxshi holatda bo'ladi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Darvoza va markaziy himoya og'riqli nuqtamiz bo'lib qolmoqda. SHomurodov keyingi o'yinda yanada yaxshi holatda bo'ladi"

O'zbekiston - Gana B (2:1) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin haqida nima deyish mumkin? Birinchi navbatda muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bunday ajoyib muhitda to'p tepish doim yoqimli. O'yin ularga manzur kelgan bo'lsa biz bundan xursandmiz. Gana yaxshi jamoa ekanligini ko'rdingiz. G'alaba qozonish va muxlislar ishonchini olish yaxshi, dedi Abramov.

- Bugun markaziy himoyada o'ynagan namanganlik Azim Ahmedovning o'yinini qanday baholaysiz?

- Uning ko'rsatgan o'yinini yomon deya olmayman. Bu chiziqda muammolar borligi sabab unga imkoniyat berib ko'rdik. Umid qilamanki, hammasi ko'ngildagidek bo'ladi. Biz barchaga imkoniyat beramiz. O'zbekiston pasportiga ega barcha futbolchilar terma jamoaga nomzod. Superligada endigina uchta tur o'tdi. Keyingi o'yinlarni yana kuzatamiz. Namanganlik futbolchilar kuchliligini ko'rsatsa, yaxshi darajada to'p tepsa chaqiruv olishadi. 

- G'alaba bilan tabriklaymiz. Terma jamoamiz ko'plab hujumlar tashkil qilganiga qaramasdan realizaciya past bo'ldi. Vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz. Mazkur holatga izoh bera olasizmi? SHuningdek Eldor SHomurodovdan ko'p narsa kutilgandi...

- Xorijda o'ynayotgan legionerlar uzoq parvozlarni amalga oshirib etib kelishdi. Uch kun ichida tiklanishdi va moslashishdi. Hamma futbolchilar har xil holatda edi. Eldor SHomurodovni vaqtliroq zaxiraga olishni rejalashtirgandim. To'g'ri, u vaziyatlardan foydalana olmadi. Keyingi uchrashuvda uning holati yanada yaxshiroq bo'ladi, deb o'ylayman. 

- Raqib jismoniy jihatdan kuchli edi. Jarima zarbasidan gol urib hisobni tenglashtirishdi. O'sha vaziyatda darvozabon ham xatoga yo'l qo'ydi...

- Darvoza chizig'i muammoli chiziqlardan biri hisoblanadi. Terma jamoaga nomzod darvozabonlarni ko'zdan kechirishda davom etamiz. Maydondagi qolgan futbolchilar ham xatolarga yo'l qo'yishdi. Lekin ularni hech kim payqamadi. Darvozabonda doim masuliyat yuqori bo'ladi. Ilyosov iqtidorli darvozabon. 

Yana qaytraman darvoza chizig'i og'riqli nuqtamiz. Markaziy himoyachilarni yana ko'ramiz. SHu nuqta ham muammoyimiz hisoblanadi. 

- Iroq bilan o'yinda qanday o'zgarishlarga qo'l urmoqchisiz?

- Hozir qaynoq kayfiyatda biror fikr bildirish qiyin. Ertaga barchasi aniq bo'ladi. Kimdir jarohat olgan, yana kimdirda boshqa muammo bor. Namangan shahriga va muxlislarga yana bir bor rahmat aytaman.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика