So’nggi yangiliklar

08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  0 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  9 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1

Vadim Abramov: "Bunday maydonda "Barselona" ham futbol o'ynay olmaydi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bunday maydonda "Barselona" ham futbol o'ynay olmaydi"

"So'g'diyona" - "Lokomotiv" o'rtasidagi o'yindan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Vadim Abramov qatnashdi.
"Bunday maydonda futbol o'ynash juda qiyin. SHu bois yigitlarga rahmat aytaman. Xalq futbol ko'rish uchun keldi, lekin bunday maydonda oliy liga o'yinlarini o'tkazib bo'lmaydi. O'yin borasida aytsam, asosiysi uch ochko oldik", - deb gap boshladi Abramov.

- Bugun Nemanya Yanichich maydonga tushmadi. Bunga sabab nima?
- U mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi. Barmog'i qayrilib ketdi. Nemanya taxminan 1 hafta maydonga tusha olmasa kerak.

- OCHLdagi o'yindan oldingi bahs edi...
- Ha oldimizda "Al Sadd"ga qarshi bahs bor. SHu bois bunday maydonda ikki karra kuch bilan o'ynadik. Terma jamoadan futbolchilar yaqinda kelishdi. Yana bunday sifatsiz maydonda o'ynash juda qiyin.

- Bikmaev bugun raqib himoyachisiga qarshi atayin qo'pol o'ynagandek tuyulmadimi?
- Marat Bikmaev unday o'yinchi emas. SHunchaki o'sha vaziyatlarda keskin o'yin ko'rsatdi.

- O'yin sifati borasida nima deya olasiz?
- Aytayapmanku bunday maydonda chiroyli o'yin ko'rsatib bo'lmaydi. Xatto "Barselona" ham bu erda o'z o'yinini namoyish eta olmaydi. Bunga qadar yaxshi maydonlarda o'ynadik. Imkon qadar chiroyli o'ynashga uringandik.

"Lokomotiv" matbuot xizmati yordamida tayyorlandi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика