Vadim Abramov: "Bunaqangi o'yinlarda mas'uliyat bilan harakat qilish lozim"

7 sen 2014, 22:19
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov "Ordabasi"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Bu erga nazorat o'yini o'tkazish uchun kelgandik. Tarkibimizdagi 8 nafar yetakchi futbolchilarimiz terma jamoa yig'inidalar. Yaxshi o'yin bo'ldi. "Ordabasi" yaxshi raqib. Har qanday holatda ham raqibni mag'lub etish kerak. Men o'z futbolchilarim harakatlaridan qoniqmadim. Biz O'zbekiston sharafini himoya qilyapmiz. Bunaqangi o'yinlarda mas'uliyat bilan harakat qilish lozim.

Manba: fcordabasy.kz