So’nggi yangiliklar

02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ютқазди, "Пэлас"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 01:58"Наполи" Италия Суперкубоги финалида!  2 01:29Бастони "Барселона"нинг қизиқишлари ҳақида гапирди  0 00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  0 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  17 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  1 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  5 22:51"Guardian" 2025 йилнинг энг яхши футболчилари рейтингини тузди: Месси қайси ўринда?  4 22:30Тебас: "ЛаЛига ўйинлари Испаниядан ташқарида бўлса нима?"  1 22:12Бруну Фернандеш: "Одамлар Португалия термаси Роналдусиз яхшироқ ўйнайди деб ўйлашади. Агарда бу шундай бўлса, айб бизда"  6 21:54"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилди  3 21:15Эрон кубоги. "Трактор" пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, "Персеполис"ни турнирдан чиқариб юборди  3 20:55"Adidas" Салоҳ учун янги дизайндаги бутсаларини тақдим қилди  0

Vadim Abramov: "Bu ahvolda birinchi davradan keyin bu maydon juda og'ir ahvolga tushadi, Samarqandda boshqa talabga javob beradigan stadion yo'q" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bu ahvolda birinchi davradan keyin bu maydon juda og'ir ahvolga tushadi, Samarqandda boshqa talabga javob beradigan stadion yo'q"

Dinamo - Mashal (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Avvalambor, ochilish o'yinidagi muhim g'alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuv haqida fikrlaringiz? 

- Mavsumning ochilish o'yinida har doim qandaydir asabiylashish bo'ladi, ayniqsa uyda muxlislar qarshisida o'ynaganingda. O'yinni yomon boshlamadik, ammo keyin qandaydir pasayish kuzatildi. Nihoyat bo'lim yakunida gol urdik. Ikkinchi bo'lim boshida yaratilgan golli imkoniyatlardan foydalanganimizda bunday validolli o'yin bo'lmasdi. Ha, ularga aytarli vaziyat yaratishga bermadik, ammo 1:0 – doim asabiy natija. O'yin yakunida yigitlar to'pni nazorat qilib, natijani qo'ldan chiqarmaslikka intilishdi.

- Vadim Karlenovich, tanishtiruv marosimida siz “5 turdan keyin Kojoni unutasizlar” degan edingiz, ammo bugungi o'yindan keyin savol yana ko'paydi – yangi hujumchi Fraydey mana ikkinchi o'yindirki o'zini yaxshi his qilmayapti, u bilan nima bo'lmoqda? 

- Shunchaki, u hali tayyor emasligi ko'rinib qolmoqda. Uni tartibga keltirishimiz kerak, ishonamanki u hali qo'shadi. Hozir tayyor bo'lmagan holatida ham 2-3ta golli vaziyatga ega bo'ldi. U saviyali o'yinchi, ammo katta ehtimol bilan u hali jismonan tayyor emasdek. Fraydey mavsum boshlanishiga bir hafta qolganida safimizga qo'shildi, endi FIFA kunlari paytida bizda vaqt bo'ladi, tanaffusda uni yaxshiroq holatga keltira olamiz.

- Bugun golga sabab bo'lgan Anvarjon Hojimirzaev – Mirjahon Mirahmadov juftligi haqida fikringiz qanday? 

-  Hujumchilarimiz bir-birini yaxshi to'ldirishdi, bu tandem hali yana gollar urishiga ishonaman.

- Zaxiradan maydonga tushgan Firdavs Abdurahmonov yosh bo'lsa-da, tayyor emasdek, o'yinga yaxshi qo'shila olmadi, shunday emasmi? 

- U katta umid berayotgan futbolchi. Yosh o'yinchi, tabiiyki bunday paytda biroz bosimda bo'ladi, gol urishi ham mumkin edi. Ishoning, Firdavs – Samarqand futbolining kelajagi. U hali o'sadi.

- "Dinamo" jamoasi o'z stadionida har safar ham bemalol mashg'ulot qila olmasligini bilamiz, o'rinbosarlar uchun ham maydon yo'q. Nega ushbu masalaga hamon uzil-kesil nuqta qo'yilmayapti? 

- Afsuski, biz hozir o'ynayotgan maydonimizda har kuni mashg'ulot ham o'tkazsak, bu maydon shunchaki ko'tara olmaydi. Qolaversa, bu maydonda "Qizilqum" jamoasi ham o'ynayapti. Bu ahvolda birinchi davradan keyin bu maydon juda og'ir ahvolga tushadi. Shu bois biz imkonqadar maydonimizni ehtiyot qilayapmiz va bu erda doim ham mashg'ulot o'tkazmaymiz. Samarqandda esa boshqa talabga javob beradigan maydon hali yo'q. Shu bois 3-tur oldidan Toshkentga borib mashg'ulotlarni o'sha erda o'tkazishga to'g'ri keladi, - dedi Vadim Karlenovich matbuot anjumanida.  

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика