So’nggi yangiliklar

00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  38 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6

Vadim Abramov: “Bizni katta marralar kutmoqda” Yangiliklar

Vadim Abramov: “Bizni katta marralar kutmoqda”

Oliy liganing 13-turida Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qildi.

Bellashuvda samarqandliklar 2:3 natijasida g'alabaga erishishdi. O'yindan so'ng “Neftchi” bosh murabbiyi Vadim Abramov bahs borasida qo'yidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

– Bugun so'nggi chiziqda faqat bitta himoyachi bilan o'ynadik. Xozirgi paytga kelib mudofada o'ynaydigan futbolchilar etishmovchiligiga duch kelyapmiz. Oddiy vaziyatlarda 2 ta gol o'tkazib yuborildi. Bu esa maqsadimizni yanada qiyinlashtirdi. Gollardan so'ng o'yinni nazorat qilib, raqibga bosim uyushtirishga urindik. Biroq ikkinchi taymdagi uchinchi to'p vaziyatni yanada og'irlashtirdi. Men jamoaga kelishim bilan hammasini birdaniga o'zgartira olmayman. Xozir qo'l ostimdagi tarkib bilan imkon darajasida natija ko'rsatishga harakat qilaman.
Albatta ayni paytda “Neftchi”ning turnir jadvalidagi o'rni yigitlarga qo'shimcha bosim yuklab turibdi. Hozir bizga g'alaba xar qachongidan ham ko'proq kerak. Fikrimcha, yigitlar men qo'ygan vazifalarni oxirigacha yaxshi anglamagan ko'rinadi. O'yinimizda tartibsiz harakatlar ko'p. Buni izga solib olish uchun vaqt kerak. Hujum chizig'i borasida ishlayapmiz. Bugun raqib darvozasiga 2 ta gol urdik. Bu yaxshi holat. Xatto ushbu gollar bizning g'alabamiz uchun etarli bo'lar edi. Biroq “Dinamo”ning gollari barcha rejani barbod qildi.

O'z ishimni endi boshladim. Jamoadagi kamchiliklar sekin-asta o'zini ko'rsatyapti. Bizga mahoratli ijrochilar kerak. Davra oxirigacha kim aslida kim ekanligini bilib olsa bo'ladi. Birinchi davradan so'ng jamoa uchun kerakli bo'lgan futbolchilarni olib qolamiz. Mening o'z taktikalarim bor. Ularni yashil maydonda namoyish etib berish uchun yuqori saviyali futbolchilar kerak bo'ladi. Hali qilinishi kerak bo'lgan ishlar ko'p. “Neftchi”ni katta marralar kutmoqda!

Legionerlarni mashg'ulotlarda ko'rishim bilan bir qarorga keldim. Ularning saviyasi bizning chempionatda legioner maqomida o'ynash uchun etarli emas. SHu sabab bugun ularni maydonga tushirmadim, – dedi Abramov



Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика