Vadim Abramov Astana klubi bosh murabbiyi
28 noy 2013 16:29
Yangiliklar

Vadim Abramov Astana klubi bosh murabbiyi
O'zbekiston terma jamoasi sobiq ustozi Vadim Abramov Qozog'istonning Astana klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Vadim Karlenovich murabbiylik faoliyatini Farg'onaning Neftchi klubida bosh murabbiy yordamchisi sifatida boshlagan, so'ngra NBU-Osiyo, Traktor, Lokomotiv klublarida ishlagan. Bundan tashqari Abramov O'zbekiston olimipiya va milliy terma jamoalarida ham faoliyat olib bordi.

Olimpiya terma jamoasi bilan birga Vetnam Federaciyasi kubogini (ikki bor), Valeriy Lobonovskiy xotirasi uchun o'tkazilgan musobaqani qo'lga kiritgan.
O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan birga 2011 yilgi Osiyo kubogida to'rtinchi o'rinni olgandi. JCH-2014 saralashining so'nggi bosqichiga qadar olib chiqqandi.

Fikrlar