Vadim Abramov: "Al Hilol"ni yutish uchun kelgandik"
26 fev 2015 12:53
Yangiliklar

Vadim Abramov: "Al Hilol"ni yutish uchun kelgandik"
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Al Hilol" - "Lokomotiv" (3:1) o'yini bo'lib o'tdi.
Uchrashuvdan so'ng "temiryo'lchilar" ustozi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.
- O'yin haqida nima deya olaman? Faqat shuni aytishim mumkin, bugungi mag'lubiyatni tezroq unutgan holda keyingi bahsga tayyorlanishimiz kerak. Bu erga g'alaba qozonish maqsadida kelgandik, biroq "Al Hilol" bunga imkon bermadi, - deydi Abramov.
- Hisob 2:1 bo'lgach, "Lokomotiv" futbolchilari ortiq harakat qilmay qo'yishdi. Bu nima bilan bog'liq?
- Bu haqda biror gap aytishim mushkul. Futbolchilarning oxirigacha harakat qilmagani meni ham hayron qoldirdi. Albatta, o'yin videoyozuvini ko'rgach, hammasini tahlil qilib chiqamiz va xatolarni o'rganamiz.
- "Lokomotiv" tarkibida faqat mahalliy futbolchilar to'p tepdi. Jamoangizda legionerlar yo'qmi?
- Nega endi? Bugun maydonga ikki nafar legionerni tushirdim. Ulardan biri himoyada, ikkinchisi yarim himoyada to'p tepdi.
- O'zbekistonda mavsumning hali boshlanmagani o'yinda o'z tasirini o'tkazdimi?
- Albatta, bu birinchi uchrashuvimiz bo'lgani uchun o'zimiz xohlagan futbolni namoyish eta olmadik. Keyingi bellashuvlarda yanada kuchliroq to'p tepishga harakat qilamiz.

Fikrlar