So’nggi yangiliklar

21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  25 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  2 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  41 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  18 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1

Vadim Abramov: "Al Ayn" o'z uyidagi uchrashuvlarni ko'ngildagidek o'tkaza olmayapti, ertaga ham shunday bo'lishiga umid qilaman" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Al Ayn" o'z uyidagi uchrashuvlarni ko'ngildagidek o'tkaza olmayapti, ertaga ham shunday bo'lishiga umid qilaman"

Al Ayn - Bunyodkor uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov va himoyachi Anvar G'ofurov ishtirok etdi.

«Avvalambor hammaga salom. Ertaga CHempionlar ligasining so'nggi saralash bosqichidan o'rin olgan o'yinda maydonga tushamiz. O'yin taqdiri bitta bahsda hal bo'ladi. «Al Ayn» jiddiy va kuchli raqib ekanligini bilamiz, ammo biz maydonga faqat g'alaba maqsadida chiqamiz. CHunki guruh bosqichiga chiqishni niyat qilganmiz», - dedi Vadim Abramov.

«Al Ayn» yaxshi shakllangan jamoa. Raqib o'rganib chiqdik. Uchrashuvga tayyormiz. Guruh bosqichi taqdiri bitta o'yin orqali hal bo'lishini bilamiz. Ertaga kim g'olib bo'lsa o'sha jamoa guruh bosqichiga yo'l oladi», deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi Anvar G'ofurov.

- «Al Ayn»ni o'rganib chiqdingizmi?
Vadim Abramov: -
Albatta etarli malumotga egaman. Raqib ayrim futbolchilarini juda yaxshi taniman, lekin hozir bu haqida gapirishni istamayman. CHunki raqib to'g'risidagi barcha malumotlar o'zim uchun. Aytishim mumkinki, raqib hujumda juda yaxshi harakat qiladi. Lekin «Al Ayn» o'z uyidagi uchrashuvlarni ko'ngildagidek o'tkaza olmayapti. O'ylaymanki, ertaga ham shunday bo'ladi va biz bundan unumli foydalanishga harakat qilamiz.

- «Al Zavra»ni osonlik bilan mag'lub etdinglar, biroq ertaga sizlarni jiddiy raqib kutib turibdi.
Vadim Abramov:
- Oson uchrashuv bo'lmasligi aniq. Futbolchilarim ham buni biladi. Lekin «Al Zavra» bilan bo'lgan bahs mavsumdagi birinchi o'yinimiz edi. Ertaga ikkinchi rasmiy bellashuvni o'tkazamiz. Bizni muammomiz shu bo'lishi mumkin. «Al Zavra»ga qarshi bahsning birinchi bo'limi avvalida penaltidan gol urganimiz bizning foydamizga xizmat qildi. SHundan so'ng jamoam o'z o'yinini ko'rsata oldi. Ertanggi bahs oldidan bizda hech qanday muammo yo'q. Aytganimdek, mavsumning ikkinchi uchrashuvini o'tkazayotganimiz bizga qandaydir muammo tug'dirishi mumkin. Qolgani nazoratim ostida.

- Tarkibda yo'qotishlar bormi?
Vadim Abramov:
- Jarohat olgan futbolchilar yo'q. Bunday bo'lishini istamayman ham. O'yinchilar borasidagi yo'qotishimiz, besh nafat futbolchimizni olimpiya terma jamoasi tarkibida bo'lgani va so'nggi o'yinni kuni kecha o'tkazganidir. Aslida ularni ertanggi bahs oldidan jamoaga jalb qilish imkoniyati bor edi, biroq bunday qilishni lozim deb topmadim. Sababi, ular qisqa vaqt ichida ko'p o'yin o'tkazishdi. Ham ruhan ham jismonan charchashgan. O'tgan mavsumdagi tarkibdan bugun faqatgina uch nafar futbolchi bor.

- Jamoadagi ichki muhit qanday?
Anvar G'ofurov: -
Jamoadagi ichki muhit alo darajada. Yuqori kayfiyatda o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz. «Bunyodkor»da ahil kollektiv yig'ilgan.

- Ertaga qanday o'yin kutyapsiz? «Al Zavra» bilan bo'lgani kabi oson o'yin bo'lmaydi?
Anvar G'ofurov: -
Aytishim kerak, «Al Zavra»ga qarshi oson o'yin o'tkazmadik. «Al Ayn»ga hurmat saqlagan holda aytamanki, «Al Zavra» ertanggi raqibimizdan kuchsiz emas. SHunchaki, o'sha kuni bizga omad kulib boqdi.

- SHu kunlarda Al Ayn shahrida ob-havo juda sovib ketdi. Bu sizlarga qo'l kelishi mumkinmi?
Vadim Abramov:
- Ikkala jamoa ham bir xil ob-havoda to'p suradi. Ob-havo qaysidir jamoaga yordam beradi deb o'ylamayman. Qolaversa, hozir shaharda juda sovuq emas, aksincha ayni futbol o'ynaydigan havo.


Al-Ain

Saeed Juma - 78'

AFC Champions League Qualification . final-tur

28/01/2020, 19:40

0
:
1
Tugadi

Bunyodkor Tashkent

45'
90'
78'  Saeed Juma

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика