So’nggi yangiliklar

17:53Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Таркиблар эълон қилинди  0 17:39Суперлига. "Шўртан" "Бунёдкор"ни Тошкентда ютмаган  0 17:15"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди  2 16:52"Одатда майдон ўзига келиши учун 6-8 ҳафта керак бўлади. Билим бўлмаса, бир зумда майдонни "ўлдириб қўйиш" мумкин" — агроном  6 16:32Суперлига. "Қизилқум" – "Бухоро". Превью  2 16:16Концертдан кейинги "Бунёдкор"  16 16:04Суперлига. 18-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  6 15:50Арда Гюлер Женнифер Лопезнинг концертига ташриф буюрди, Антуан Гризманн касбини ўзгартиради. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  8 15:30Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Превью  2 15:07"Қизилқум" собиқ футболчиси Сербия клубига қайтди  0 14:40"Челси" асосий ҳимоячиси машғулот вақтида жароҳат орттириб олди  4 14:12Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди  1 13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0 13:14Расман: "Реал" собиқ ҳужумчиси "Алавес"га ўтди  0 12:45Жоан Гарсия — Марк-Андре тер Штеген даврига якун ясаб бериши кутилаётган дарвозабон билан яқинроқдан танишамиз  1

Vadim Abramov: "4 oydan beri oylik olmayapmiz. Qanday qilib natija talab qilish mumkin" Yangiliklar

Vadim Abramov: "4 oydan beri oylik olmayapmiz. Qanday qilib natija talab qilish mumkin"

Superliga 7-tur doirasida o'tkazilgan "Surxon" - "Dinamo" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- Birinchi bo'limda yaxshi o'ynay olmadik. Tayyorlagan rejamiz biroz ish bermadi. Tanaffusda o'zgarishlar qildik va ikkinchi taymda o'yinni to'liq nazorat qildik. Yo'q joydan gol o'tkazib yubordik. Goldan so'ng hujumga yanada ko'proq etibor berdik. O'yin so'ngida hisobni tenglashtirdik, ammo kambek amalga oshirishga vaqt etmadi.

- Birinchi bo'limdan so'ng Farruh Ikromov va Damir Temirovlarni zaxira oldingiz. Erta o'zgarishlarga qo'l urganingizga asosiy sabab nima? Bugungi uchrashuvga asosiy tarkibni tanlashda xatoga yo'l qo'ydingizmi?

- Bu futbolchilarning o'yini chiqmadi. SHu sababli ularni zaxiraga oldim. Ularning o'rniga maydonga tushgan futbolchilar o'yinni yanada kuchaytirdi. Omadsiz o'yinlar bo'lib turadi.

- Gol o'tkazib yuborilganidan so'ng jamoangiz hujumga ko'proq o'ta boshladi. Anvarjon Hojimirzaev esa bugungi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'ldi va jamoangiz hujumlari yanada xavfliroq bo'lishiga asosiy sababchi bo'ldi, biroq Hojimirzaev raqib darvozasiga zarba berish mumkin bo'lgan bir nechta qulay vaziyatlarda sheriklariga pas berdi. Hojimirzaev kuchli zarbaga ega ekanligini o'tgan mavsum Pro-liga o'yinlaridan bilib olgan edik. Hojimirzaev bugun nega o'zi zarba bermadi? Bu sizning ko'rsatmangiz edimi?

- Yo'q. Men Anvardan ko'proq o'zi zarba berishini so'rayman. Anvarjon uzoq masofadan yaxshi zarba bera oladigan futbolchi. Lekin bu futbol va o'yin vaqti futbolchining qarori o'zgacha bo'lishi mumkin. Bu biz his eta olmaymiz, futbolchi maydonda qaror qabul qiladi. Hojimirzaev zarba bermagan bo'lsa, demak qaerdadir yaxshiroq poziciyada turgan jamoadoshini ko'rgan va unga pas bergan. O'yin davomida bir nechta vaziyatlarda u nega zarba bermaganiga o'zim ham hayron qoldim. Lekin uni tanqid qilmayman, sababi u maydonda qaror qabul qiladi. Biz chetdan ko'rib fikr bildirishimiz mumkin holos.

- Ratinoning qachon safga qaytishi haqida malumot bersangiz. "Paxtakor"ga qarshi kechadigan keyingi uchrashuvda braziliyalik futbolchini maydonda ko'ramizmi?

- Aniq javob bera olmayman. Ikki kun avval ham uni o'yinga tayyorlayotgan edik, ammo so'ngi pallada uni yana jarohati bezovta qildi. "Paxtakor"ga qarshi o'yinga bir necha kun qolganda aniq hulosaga kela olamiz. Ratinoning yo'qligi biz uchun katta yoqotish.

- "Dinamo" yaxshi tarkib yig'di va yomon o'ynamayapti. Biroq jamoangizga stabillik etishmayapti. O'zbekiston kubogida ham kuchli raqiblarga qarshi mag'lub bo'lmadingizlar, ammo "Dinamo" baribir guruhda qolib ketdi. "Dinamo" qachon o'yiniga yarasha natija ko'rsata boshlaydi? O'yin sifati yaxshi, ammo natija yo'q. Bunga sabab nima?

- Biz o'zimiz ham bunday holatga tushib qolishimizni o'zimiz ham kutmagan edik. Sifatli o'yin deb takidlab o'tdingiz. O'yinimiz yaxshi bo'lsa, demak yaqin orada natija ham yaxshilanadi. Darvozabonlarimiz oddiy vaziyatlarda ham qo'pol xatoga yo'l qo'ymodqa. Bu ruhiyatga ham tasir ko'rsatishi mumkin.

- Hech kim pul haqida so'ramadi. 4 oydan buyon oylik berilmayotgan bo'lsa, qanday qilib natija talab qilish mumkin(kuladi).



Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика