So’nggi yangiliklar

12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  9 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  10 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1

"UzReport TV" telekanalidagi futbol o'yinlarining ikki tildagi sharhlarini endi UzDigital TV orqali ham ko'rish mumkin Yangiliklar

"UzReport TV" telekanalidagi futbol o'yinlarining ikki tildagi sharhlarini endi UzDigital TV orqali ham ko'rish mumkin

Avval xabar berganimizdek, "UZREPORT TV" telekanali o'zbek televideniesi tarixida birinchi marta futbol uchrashuvlarining bir vaqtning o'zida ikki tildagi – o'zbek va rus tillaridagi sharhini yo'lga qo'ydi.

Ushbu imkoniyat suniy yo'ldosh antennalari egalari (sputnik – Yamal 401, 90° shimoliy nur Ku diapazon, qabul qilish chastotasi – 11,505705 GGz) va “O'zbektelekom” AK “Telekom TV” IPTV xizmati foydalanuvchilari uchun mavjud edi. "UZREPORT TV" telekanali bu imkoniyatni bosqichma-bosqich kengaytirish borasida ish olib bormoqda.

SHu yilning 2-iyulidan boshlab UzDigital TV platformasida ham futbol uchrashuvlarini bir vaqtning o'zida ikki tilda tomosha qilish imkoniyati yaratildi. Endilikda UzDigital TV abonentlari ham UZREPORT TV telekanali orqali Evro-2016 uchrashuvlari sharhini o'zlari istagan tilni tanlagan holda tomosha qilishlari mumkin. 

Bunday imkoniyat UzDigital TV hamda UZREPORT TV telekanali mutaxassislarining o'zaro hamkorlikdagi mehnatlari evaziga yuzaga keldi.

Eslatib o'tamiz, Evro-2016 uchrashuvlarini o'zbek tilida Davron Fayziev, Sanjar Rizaev Yoqubjon Bobojonov, hamda taniqli va istedodli aktyor, malum muddat professional futbolchi sifatida ham to'p surgan Alisher Uzoqov sharhlab borishmoqda.

Rus tilida esa futbol uchrashuvlarini “MATCH TV” telekanalining mashhur sharhlovchisi Aleksandr Elagin sharhlab bormoqda.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика