So’nggi yangiliklar

12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0

UZPSB - LLF SUPER LIGA chempioni! Yangiliklar

UZPSB - LLF SUPER LIGA chempioni!

O'tgan yilning 25 sentyabr kuni start olgan LLF SUPER LIGA chempionatining dastlabki mavsumi o'z yakuniga etdi.

Havaskor sportchilar o'rtasida tashkil qilingan ushbu musobaqada 12ta jamoa kurash olib bordi va yakunda UZPSB chempionlikni qo'lga kiritdi. VOSTOK kumush medallarga ega chiqqan bo'lsa, bronza medallar TTG futzal klubiga nasib etdi. 

Barcha o'yinlarga Yunusobod sport majmuasi hamda Moliya institut sport zali mezbonlik qildi. Oxirgi tur o'yinlari o'tkazilganidan so'ng LLF Tashkiliy qo'mita tomonidan taqdirlash marosimi o'tkazildi.

 

Tadbir davomida barcha ishtirokchi jamoalarga estalik sovg'alar, har ikki sport majmuasi rahbariyatiga tashakkurnoma, musobaqani yuqori saviyada o'tkazishda yaqindan yordam bergan homiylarga minnatdorchilik sovg'alari taqdim etildi. SHuningdek, g'olib va sovrindorlarga medallar va chempion UZPSB futzal jamoasiga bosh sovrin kubok topshirildi. 

Bundan tashqari 7ta nominaciya bo'yicha mavsumning eng yaxshilari aniqlandi:

1. Eng yaxshi yosh o'yinchi - Bekzod Ubaydullaev (UZPOST) 

2. Eng yaxshi assistent - SHuxrat Axmedov (UZPSB) 

3. Eng foydali o'yinchi - Aliakbar Bayburin (UZPSB)

4. Feyr pley sohibi - Nodir Isroilov (DHL)

5. Eng yaxshi to'purar - G'ayrat Ismoilov (UZPSB, 52 gol)

6. Eng yaxshi darvozabon - Bekzod Amanullaev (VOSTOK)

7. Mavsumning eng yaxshi o'yinchisi - Azamat Boymatov (VOSTOK)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика