So’nggi yangiliklar

15:28"Динамо" назорат ўйинида Россиянинг 3 карра чемпионига йирик ҳисобда ютқазди  3 15:01"Астон Вилла" таркиб учун харажатлар лимитини бузгани учун яна УEФА томонидан жаримага тортилиши мумкин. Клуб ўтган йили 6 млн евро тўлаган  1 14:31АПЛ форварди Англиянинг 8 та клубида қизиқиш уйғотди  4 14:00"Манчестер Сити" "Рома" ўйинчиси учун 50 млн евро беришга тайёр  1 12:38"Манчестер Юнайтед" Мактоминейни қайтариш устида ишламоқда  8 12:15Суперлига. 1-тур ўйинларининг бошланиш вақти маълум  12 11:58Уго Фернандес — "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 11:30Горецка ёзда "Арсенал"га ўтишга қизиқмоқда  3 10:30Ўзбекистон U-17 терма жамоаси мураббийи Сергей Чигодаев: "Финалга чиқиш учун исталган рақибни ютишимиз керак"  7 09:50"Металлург" яна 2 нафар футболчи билан шартнома имзолади  0 09:25Назорат учрашуви. "Сўғдиёна" "Пари НН"га йирик ҳисобда енгилди  0 08:50Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  106 08:25"Бухоро" назорат учрашувида Грузия клуби билан дуранг ўйнади  1 07:52Футзал клублари учун хушхабар: ОФК тўхтаб қолган мусобақани қайта тиклаш режасини тузяпти  4 03:56Бундеслига. "Боруссия Д" "Майнц"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0

Uzoqni ko'zlayotgan Hindiston o'smirlari Yangiliklar

Uzoqni ko'zlayotgan Hindiston o'smirlari

Xabaringiz bor, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sentyabr oyi so'nggida Falastinda Osiyo chempionati saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tdi.

Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi o'smirlarimiz kelgusi yil Hindistonda bo'lib o'tadigan U-16 Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Maqolamiz O'zbekiston emas Hindiston o'smirlari haqida bo'ladi.



Hindiston o'smirlari aslida Osiyo chempionati mezboni sifatida saralashda ishtirok etmasalar ham bo'lar edi. Biroq jamoa saralashda qatnashishga qaror qildi. To'g'ri OFK hindlar saralashda qanday natija ko'rsatishlaridan qatiy nazar ularga bitta yo'llanmani naqd qilib qo'ygandi.

Eronda o'tkazilgan saralashda Hindiston o'smirlari mezbonlarga 0:3 hisobida yutqazishdi. Bahraynni 5:0, Livanni esa 6:0 hisobida tor-mor etgan SHoxruxxon yurtdoshlari o'z kuchlari bilan ham qita chempionatiga chiqish mumkinligini ko'rsatishdi.

Butun Hindiston Futbol Federaciyasi rahbariyati shu yilning fevral oyida o'smirlar terma jamoasiga germaniyalik Nikolay Adamni bosh murabbiy etib tayinladi. U bilan 2017 yilga qadar shartnoma tuzildi. UEFA PRO licenziyasiga ega bo'lgan Nikolay Adam bunga qadar Ozarboyjonning turli yoshdagi terma jamoalarida ishlab kelayotgandi.



Hindiston o'smirlari 2016 yil kuz oyida o'z maydonidagi Osiyo chempionatida qatnashadi. Ushbu qita birinchiligida yarim finalga qadar etib borgan to'rt jamoa 2017 yil Hindistonda (!) bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Tushunib turganingizdek Hindiston Osiyo chempionatida qanday natija ko'rsatishidan qatiy nazar 2017 yilgi mundialda qatnashadi.

Hindiston FF rahbariyati uzoqni ko'ra olib jamoaga yangi murabbiy olib keldi, ushbu murabbiy 3 yil davomida bitta jamoani shakllantiradi va o'z muxlislari qarshisida o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.

Balki hindlar keyingi yil o'z maydonlarida o'tadigan qita birinchiligida muvaffaqiyatsiz ishtirok etib guruhdan ham chiqa olishmas, balki 2017 yildagi mundialda ham bironta gol ura olmay sharmanda bo'lishar. Balki 3 yil davomida birga o'ynagan mana shu jamoadan Hindistonning bo'lajak yulduzlari etishib chiqishi ham mumkin.

Qo'shimcha qilish lozimki, Hindiston o'smirlari kuni kecha Ispaniyada yig'in o'tkazdi. Jamoa "Vilyarreal", "Elche", "Erkules" va "Levante" o'smirlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdi. Demak orzu sari intilish davom etmoqda...

Hindistonliklar faqat kino ishlashda emas futbolda ham Jahonga chiqishmoqchi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика