So’nggi yangiliklar

15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  2 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  0 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  4 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  19 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  3 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   10 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  2 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  9 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  11 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  16 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  13 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  9

Uzoq vaqt sukut saqlagan "Surxon" bugundan ispaniyalik murabbiy boshchiligida yig'inni boshladi Yangiliklar

Uzoq vaqt sukut saqlagan "Surxon" bugundan ispaniyalik murabbiy boshchiligida yig'inni boshladi

Xabaringiz bor, ayni vaqtda Superliga jamoalarining yangi mavsumga tayyorgarligi o'zining qizg'in pallasiga kirib bo'ldi.

Ular orasida faqatgina "Surxon" hali mashg'uotlarni boshlamagan edi. Nihoyat termizliklar bugundan etiboran Toshkentda yig'inni boshlashdi. Yig'inning ilk kungi jarayonini kuzatgan Championat.asia sayti jamoasi bir qator muhim malumotlarni etiboringizga havola qilishni lozim topdi.

Demak endilikda "Surxon"ni ispaniyalik murabbiy Xordi Fabregat boshqaradi. Ushbu mutaxassis boshqaruv sohasida bunga qadar "Tortosa", "Mar Menor", "Portuense", "Amposta", "Arandina" va so'nggi bor "Ordino" klubida  ishlagan. 

Unga jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Xorxe Ruis ko'maklashmoqda. Yaqin kunlarda xorijdan darvozabonlar murabbiyi ham kelishi kutilmoqda. Klubda sport direktori sifatida Xuan Manuel Barosso ish boshladi.


Tarkibdagi o'zgarishlarga kelsak, bir qator boshqa nomlarni uchratishimiz mumkin. Umumiy hisobda bugungi mashg'ulotda 22 nafarga yaqin futbolchi qatnashdi. 

Yangi kelganlardan, Baxtiyor Qosimov, Ulug'bek Abdullaev, Davronbek Umirov, SHohruh Eshbo'taev, Timur Hakimov, Saidjamol Davlatjonov, shuningdek, jamoa uchun begona bo'lmagan Javohir Esonqulov va Akrom Xo'jaev ishtirok etmoqda. 

Jahongir Ahmadov jarohati sabab yakka tartibda mashg'ulot olib bordi. 

Bugun tarkibda ispaniyalik uch nafar legioner ham kelib qo'shilganligini takidlash joiz. Serxio Sidoniya, Aytor Rueda va Luis Sanches. Ulardan biri Luis Sanches "Real Madrid" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. SHu kunlarda Tojikistondan ham futbolchi taklif qilinishi ko'zda tutilgan. Bu borada alohida malumot beramiz.


Foto: Tolibjon Qosimov

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика