So’nggi yangiliklar

12:50ФИФА рейтингида биринчи ўринда кетаётган Бразилия терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  5 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   1 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  1 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  14 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  7 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  32 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  8

#Uydabo'l! Nodirxo'ja Yuldashev: Futboldagi yo'llarim - 2004 yil! Yangiliklar

#Uydabo'l! Nodirxo'ja Yuldashev: Futboldagi yo'llarim - 2004 yil!

2002 yil akamdan so'radim, - yozuvchi bo'lish uchun qaysi o'qishga kirish kerak? Hozir AQSHda yashaydi, 1983 yil. Ilk futbol gazetetalarini aynan shu akamnikiga borganda o'qirdim. Ismi, Asrorxo'ja. Rahmatli amaqimning to'ng'ich o'g'li.

Bizning oila uchun futbol begona emas. Asqar amaqim (Toshkent sheva) otamning o'rtancha akalari, 80 yillarda o'zlariga ancha to'q, tadbirkor inson bo'lganlar. SHundan bo'lsa kerak, ilk “elektronika“ videomagnitafoni bo'lardi hovlida. Tasmali magnetafonlar. VAZ 06 “Jiguli“. Juda ham mehmondo'st inson bo'lganlar. Bu oilamizga bobom rahmatlidan o'tgan. Hasan bobomiz qaerda mehmondorchilikka borsalar, keyingisi albatta bizning uy bo'lgan ekan. Asli Sebzor mahallasidanmiz. 1966 yilgi er qimirlashi natijasida ota avlod CHilonzor dalalarida qad ko'targan ko'p qavatli yangi mavzega kelib qolgan bo'lsa, ona avlod hozirgi CUM oldiga uylarga. Boisi otamning otasi trolleybus haydovchisi bo'lgan. Ularning ishlariga CHilonzor qulay bo'lgan ekan. Onamning otalari esa “Krasnaya zarya“ fabrikasida ishlaganlar, uyga yaqin bo'lsin deb CUMdan joy berishgan. 80 yillarda amakim ko'p aytib berardilar, “Paxtakor“ning o'sha yillardagi avlodi, shu jumladan 1979 yilda vafot etgan futbolchilar ham, ko'p bora bizning uyda mehmon bo'lgan ekanlar. Futbolchilar do'konimizning asosiy mijozlari bo'lgan. Ko'pincha mahsulotlarni qarzga olib ketishar ekan. Keyin bir mukofot puli olganda, barcha xarajatlarga to'lov qilib ketisharkan. Qisqasi, mana shunday oilada katta bo'ldi. “Pepsi Cola” 90-yillarda faqat amakimnikiga borganda ichardik.


O'zbekiston futboli eng sevimli gazetam edi. JCH-98ni ham birga hovlimizda tomosha qilardik. Gollandiya — Braziliya uchrashuvi kechagidek yodimda, “Nodir, bugun Braziliya bilan Gollandiyani ko'rsatadi, penalti bo'libdi“. U paytlar menimcha o'yinlar to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilmagan yoki biz o'tkazib yuborganmiz. Qaerdandir natijani bilib olganlar va biz penaltilar seriyasini ko'rish uchun ham o'yinni kutganmiz.


JCH o'yinlarini kassetalarga mana shu videomagnitofonda yozib olardik.


Akam yozuvchi bo'lish uchun, maxsus institutda o'qish kerakligini aytdi. Men esa allaqachon futbolga “fanat“ bo'lib ulgurgan edim. Bolalik yillarim buvimnikida, CUMda o'tgan bo'lsa-da, biron kishi meni shundoqqina yonginamizda bo'lgan “Paxtakor“ stadioniga olib bormagan. U paytlar futbolga etibor katta bo'lmagan. Lekin tan olaman, mendan “maksimum“ zaxira o'rindig'ida, bekorga “podemnyy“ olib vaqt o'tkazadigan futbolchi chiqardi, chiqsa ham.


Ammo tog'alarim futbolni juda qattiq ishqibozi bo'lishgan. Fatxullo tog'am CUMda ishlar edilar. Mixail An, Vladimir Fyodorov, Olim Ashirov kabi futbolchilarni ko'p eslaydilar. Yaqinda ham uyda yig'ilib o'tirganimizda Mixail Anni xotirlagandilar. “Volodyadan farqli ravishda Mishaning xarakteri zo'r edi. O'zbekchani zo'r tushunardi. Latifalar aytsak qo'shilib kulardi. Fyodorov esa ko'p hollarda jiddiy bo'lgan. CUMga ko'p kelib turishardi. U paytlar futbolchilar oddiy odamlar bilan birga o'tirishlari odatiy hol bo'lgan. Lekin ular haydaydigan Volgaga hammaning havasi kelardi“.


Endi tasavvur qiling, mana shunday oilada katta bo'lgan Nodirxo'janing faoliyati futbol bilan bog'liq bo'lmay, sanatkor bo'lsinmidi. Rassomchilikka juda qiziqardim. Xatto bir qarindoshimiz “teatrlalniy“ga olib kirib qo'yishini aytgandi. Komik voqealarga usta edim.


Lekin men 10 sinfdayoq o'z taqdirim qanday bo'lishini o'ylab qo'ygan edim va bu taqdir uchun Ollohdan o'la-o'lgunimcha minnatdor bo'laman. Ko'p adabiyot o'qirdim. 1 haftada 2talab kitobni ko'rdim demasdim. CHunki 8 sinfda, 110 maktabdagi adabiyot ustozim, Zamira opa, rahmatli buvimga meni ustimdan shikoyat qilgan edilar. U paytlar o'qituvchidan gap eshitish uyat bo'lgan. Hozir o'qituvchi o'quvchini urishsa yo yozib yuborishadi, yo videoga olib tarqatishadi. Buvim 110 maktabda 40 yilga yaqin ishlaganlar. Zamira opa ular bilan hamkasb, onam, xolam va tog'alarimga ham dars bergan. SHuning uchun, sen Maxfuzaxonni uyaltirayapsan deb dakki berganlar. SHundan keyin xolam kutubxonadan Oybekni “Navoi“ romanini olib kelib berib, “agar seni deb yana gap eshitsam ko'rasan mendan“ deganlar. SHu-shu, adabiyot “fanati“ bo'ldim.


2003-2004 yillari “Kamolot“ qoshida, darhon mavzesida “Bunyodkor“ yoshlar teleklubi faoliyat olib borardi. Hozir u erda “MY5“ kanali joylashgan. “Paxtakor“ va O'zbekiston terma jamoalarining aksar matbuot anjumanlari o'sha binoda bo'lib o'tardi. Katta-katta jurnatislarni birinchi marotaba o'sha erda ko'rganman. Xayrulla Nuritdinov (bugunda MTRK rais o'rinbosari) o'sha paytning eng mashhur jurnalistlaridan biri bo'lgan. Matbuot anjumanlari bahona men “Bunyodkor“ yoshlar klubiga kelib qoldim. Bu erda turli guruhlar bor edi. Jurnalistika, madaniyat, sanat va “Paxtakor“ muxlislari!


“Zakovat“ teleo'yinlari ham aynan shu erda bo'lardi. Ko'rsatuv syomkasi barcha uchun ochiq edi. SHarti kostyum shim kiyib kelish. Hushnud bilan ham o'sha erda tanishganmiz. Hozir mashhur bloger )).


Jurnalistika guruhi sardori, hozir xokkey va yakka kurashlarni mahorat bilan sharhrlab boradigan Sardor Rahimov edi. Klub rahbari, Azim aka. Futbolga juda ham qiziqardi bu inson. Aynan shu kishining tashabbusi bilan klubda “Paxtakor“ muxlislari uchun xona ajratildi. “Paxtakor“ bilan hamkorlikda fan klub tashkil qilindi. Unda O'zMU jurnalistika fakultetining 1-kursida tahsil olayotgan Oybek sardorlik qila boshladi (hozir kino saxasida). Uning do'stlari ham yo'q emasdi, ular orasida Davron (Kabulov) ham bo'lardi. Oddiygina bola, birga metroda kelib, ketardik. 11 sinf o'quvchisi uchun Universitet talabasi. Davrondan o'qishga kirish qiyin bo'lgan, bo'lmaganligi, men ham o'sha fakultetga kirmoqchiligimni ko'p aytardim. Birinchi marotaba internetga aynan shu klubda kirganman. Oybek “Bunyodkor“ klubi azolari uchun ajratilgan limitdan foydalanardi. Birinchi kiradigan saytimiz, football.kulichki.ru bo'lgan. O'shanda “Paxtakor“ ham o'zining internet sahifasini ochayotgan edi. Bu paytda klubda Ulug'bek Mirzaev va Baxtiyor SHirinov ishlar edilar. Ular bilan tanishish orzu. “Paxtakor“ning gullagan yillari, exe....


Kanalda kuzatish - @Nadirkhuja


Xullas bu 2004 yilning boshlari edi. Yoz boshlandi. Hamma sinfdoshlarim qatori men ham fan bilan mashg'ulman. 110 maktabni kuchli tomoni shunda edi-ki, u erda o'qimadim degan bola ham Institut yo Universitetlarga kira olardi. Bilim jihatdan juda kuchli maktab edi (o'sha paytlar). Men asosan tarix va adabiyotga tayyorlanganman. Ijodiy imtihondan yaxshi baho olganim qo'l kelgan. 13 avgust kuni Rustam Qosimjonov shaxmat bo'yicha jahon chempioni bo'lgan. SHu kuni ijodiy imtihondan o'tgan edim. 1 avgust, so'nggi imtihonlarga tayyorgarlik ko'ryapman. Uyda dars qilyapman. “SHpargalka“ni o'rganyapman. TVda esa Osiyo chempionati, O'zbekiston — Bahrayn! Marat Bikmaevni to'pni tepaga tepganini bilaman, shpargalkalar TVga uchgan. Baqir chaqir. Otam nima bo'ldi ekan deb yugurib chiqqan, gap eshitdim. Ertasiga kayfiyatsiz imtihonga bordim. Aksiga olib shpargalkadan “shashvar“ ham chiqmadi. Testlarni o'zim echa boshladim. Nazoratchi uni ko'rib qolgach, nima bu dedi. Men, olavering, bari-bir hech nima chiqmadi ichidan dedim. Ingliz tilini bilmasdim, barcha savollarning javobini “S“ qilib belgilab chiqdim. Tarixni yaxshi ko'rardim, adabiyotni ham. Ona tili va adabiyot 3.3, tarix 2.2 ball berardi. Ikkisidan ham 20tadan kam echmagandim va men yakunda 98 nafar talaba bitirgan kurs talabasi bo'ldim. Ha, aynan 98! Faqat chet tillaridagina guruhlarga bo'linar edik. Qolgan payt, barchamiz bitta xonada o'tirar edik. Bu O'zbekiston milliy Universiteti tarixidagi eng katta guruh sifatida tarixda qolgan bitiruvchilar edi.


Institutga kirib olgach, tayyorgarlik darslaridan qutuldim va kunimni asosiy vaqtini “Bunyodkor“ yoshlar klubida o'tkaza boshladim. 5 yoki 6 sentyabr kuni tibbiy ko'rikdan o'tish uchun bizni Universitet poliklinikasiga yuborishdi. Navbatimni kutib tursam, yonimda o'tirgan ikki nafar kursdoshim vodiy yo'llari haqida gaplashib o'tirishibdi. Ulardan biri Behzod Nazarov edi. SHunda unga qarab, “Neftchi“ muxlisimisan dedim. Aslida ularning mavzusi umuman boshqa edi. Unda “ha“, degan javobni oldim. SHu-shu do'stlashib ketdik. U paytlar “Paxtakor“ — “Neftchi“ qarama-qarshiligi haqiqiy klasiko edi. Qani o'sha damlar, o'zi uchar gilamlar.


1 oylar o'tdi chamasi, kurs rahbarimiz, Nozima opa amaliyotga yo'naltira boshladi. Men, Behzod, yana bir qator do'stlarim bilan “O'zbekiston futboli“ni tanladik. O'sha yillari bu Respublikamizdagi eng zo'r gazeta edi. Unda kichkina xabarcha chiqarish biz uchun katta natija edi. Ammo nima uchundir, birinchi kundan keyin u erga borgim kelmadi. Aniq sababi yo'q. Balki uzoqlik qildimi, bilmadim. SHunda qarindoshimiz o'zi ishlaydigan, “Xumo“ va “Toshkent oqshomi“ gazetalariga amaliyotga bora boshladim. Akam o'sha yili uyga kompyuter olgan. Internetimiz ham bor edi. Ting-ting qilib ulanib kirib olardi. Tezda ishlatib bo'lgach, vaqti ketmasligi uchun o'chirib qo'yardik. Xorij malumotlarini tarjima qilib gazetaga bera boshladim. Xabarlarim chiqa boshladi. Kamiga, qalam haqi bera boshladilar. Zo'r bo'ldi, amaliyotni “5“ga yopdim. Birinchi semestrni esa “4“ga. SHartnomamni o'sha yili tog'am va amakim to'lab bergan edilar. CHunki 4 nafar farzandga ega bo'lgan oilaviy holatimiz maqtanadigan darajada bo'lmagan.


Hozirgi gaplarimga birov ishonmasa kerak. Bu paytga kelib fan klub etakchiligini qo'lga oldim. Har xil sherlar yozar edik. Boshlarimiz bo'yalgan. Futbolkalarimiz sap-sariq. Hamid Olimjon metro bekatiga 100 nafarga yaqin bola bilan tushardik. “Keyingi bekat, “Paxtakor“, — deganida suxandon, hammamiz “CHEMPION“ deb baqirardik. Ularni ichida hozir, hammangizga malum va mashhur Davron Kabulov ham bo'lardi. “CHto, gde, kogda“ o'yinlarida O'zbekiston sharafini ko'p yillar himoya qilgan Aziz Yusufov VIPda o'tirardi. U mendan bitta sinf tepada o'qigan, yoshlikdan tanishmiz. Qisqasi, 2004 yilda “Paxtakor“ chempionlikni, “Neftchi“ kumush, “Navbahor“ bronza medallariga ega chiqdi. Meni kumirim, Anvar Soliev edi. Bu davrda “Paxtakor“ning OCHLdagi o'yinlarini hech kim unutmasa kerak.


SIZ 2004 YILDA NIMA BILAN BAND BO'LGANSIZ, YOZIB QOLDIRING!


Ertaga, 2005 yilni yod olamiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика