So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  1 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Uyda g'alaba qozonmagan "Lokomotiv"ga qarshi safarda zafar quchmagan "Bunyodkor". Toshkent derbisida kimda qanday imkoniyat? Yangiliklar

Uyda g'alaba qozonmagan "Lokomotiv"ga qarshi safarda zafar quchmagan "Bunyodkor". Toshkent derbisida kimda qanday imkoniyat?

Superliganing oltinchi turidan bir qator qiziqarli uchrashuvlar o'rin olgan.

Ushbu turda ko'pchilikning diqqat  "Lokomotiv" - "Bunyodkor" o'rtasidagi poytaxt derbisiga qaratilishi tabiiy. Biz esa mazkur bahs oldidan jamoalarning imkoniyatlari, qiziqarli faktlar va statistikalarni, taxminiy tarkiblarni etiboringizga havola etamiz. 


Raqamlar va faktlar

Jamoalar bunga  qadar o'zaro 28 marotaba to'qnash kelishgan. Buni qarangki, ushbu uchrashuvlarda tenglik kuzatilmoqda. 10ta uchrashuvda maydon egalari g'alabani tantana qilgan bo'lsa, 10 bahsda mehmonlar zafar quchishgan. 8ta bellashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. "Lokomotiv"ning eng yirik hisobdagi g'alabasi 2015 yilgi mavsumda qayd etilgan bo'lib, Oliy liganing birinchi davrasida o'z maydonida 3:0 natijasida "Bunyodkor"dan ustun kelgandi. Ushbu mag'lubiyat "Bunyodkor"ning chempionatlardagi birinchi yirik hisobdagi mag'lubiyati bo'lgan. "Qaldirg'ochlar"ning o'zaro bahslardagi eng yirik hisobda qayd etgan g'alabasi 2010 yil jamoaning yulduzli onlariga to'g'ri keladi. Skolari murabbiyligidagi "Bunyodkor" o'sha mavsumning ilk davrasida "temiryo'lchilar"ni 4:0 hisobida taslim qilgan. Amalda mazkur bahs Vadim Abramovning "Lokomotiv"ni birinchi marotaba boshqargan paytidagi so'nggi o'yini bo'lgan edi. Sekeyra shogirdlari 28ta bahsda 34 ta gol urgan, "qaldirg'ochlar" esa 37 marotaba raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Kichik ustunlik "Bunyodkor"da. Ikki jamoaning so'nggi o'yinida "Loko" 2:1 hisobida g'alabani nishonlagan.


"Lokomotiv"ning uydagi, "Bunyodkor"ning safardagi g'alabasiz yurishi to'xtaydimi?

Ortda qolgan 5ta tur davomida "Lokomotiv" ikki marotaba o'z maydonida raqiblarini qabul qildi. Ikkinchi turda "Navbahor" ortga g'alaba bilan qaytgan bo'lsa, to'rtinchi turda "Qizilqum" 1 ochko ishlashning uddasidan chiqa oldi. Demak, joriy mavsum hisobidan "temiryo'lchilar" uyda g'alaba qozona olganicha yo'q. SHuhrat Maqsudov shogirdlari uchun bu mavsumdagi uchinchi safar o'yini sanaladi. Ikkinchi turda "Metallurg" maydonida mag'lubiyatga uchragan "qaldirg'ochlar", to'rtinchi turda Qo'qonda nursiz durang qayd etishdi. Umumiy qilib aytganda ikki jamoa uchun ham bu o'yin ikki karra masuliyat yuklashi tabiiy. Portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyra sekin-asta jamoani o'z uslubiga moslashtirib bormoqda. Garchi beshinchi turgacha Superliganing ayrim klublarida murabbiylar istefosi kuzatilgan bo'lsada, "Lokomotiv"da bunday holatni ko'rmadik. Balki "Surxon" bilan o'yindagi g'alaba Sekeyrani o'rnida qolishiga sabab bo'lgandir. Qolgani bizga nomalum. Bir narsani aytish kerak, jamoa barcha o'yinlarda ko'proq ehtiyotkorlikka etibor qaratmoqda. SHuningdek, ko'p gol o'tkazib yuborayotgani orqa chiziqda muammolar borligi bilan bog'liq. Jamoa 5ta turda 6ta gol urdi va darvozasidan 7ta to'p olib chiqdi. Bundan ko'rish mumkinki, hali barcha chiziqlar to'liq shakllanib ulgurmagan.

"Bunyodkor"da esa avval ham takidlaganimizdek, tarkib bilan bog'liq kichik muammolar mavjud. SHuning hisobiga bo'lsa kerak, boshqa poziciya vakillari joylarini o'zgartirgan holda boshqa vazifalarni bajarishga majbur bo'lishmoqda. Deylik himoya chizig'ida birgina Davron Ergashevni hisobga olmaganda barcha futbolchilar aslida yarim himoyachi sifatida to'p tepadi. Deylik, Suhrob Izzatov, Abdulla Abdullaev, Sunnatilla Abdullajonov va hokazo. SHuning uchun bo'lsa kerak chiziqlar orasida jipslashish, o'zaro tushunish qiyin bo'lmoqda.  Barcha uchrashuvlarda ko'zga tashlangan yagona jihat jamoa ilk daqiqalarni ishonchsiz o'tkazmoqda. Buning natijasida ustunlik raqib tomoniga o'tmoqda. Masalan, "Metallurg", "So'g'diyona", "Qo'qon-1912" bilan bahslarda ushbu holat diqqatimizni tortdi. Odatda bunday holat "Bunyodkor"ga hos emas. Birinchi bo'lim oxirlariga kelib va tanaffusdan so'ng jamoa butkul o'zgarmoqda va o'yin nazoratini qo'lga olgan holda vaziyatlar yaratishga urinmoqda.  Jamoaning urgan gollarining aksariyati ikkinchi bo'lim oxirlari va o'yinning navbatdagi qismiga to'g'ri kelmoqda. Ertaga ham shunday vaziyat yuz bersa ajablanmaymiz. Balki murabbiylar shtabi bu borada o'zgarish qila olishar. Buni esa vaqt ko'rsatadi. O'yindan avval ikki jamoa ham bir hil holatda ekanligi biror taxmin bildirishga to'sqinlik qilmoqda. Keling, yaxshisi barchasini ertaga aniqlab olamiz. 


Taxminiy tarkiblar

Ikki jamoa tarkibida ham jiddiy rotatciyalar ko'rmasligimiz ehtimoli bor. 

"Bunyodkor" jamoasining taxminiy tarkibi. O'zgarishlar bo'lishi mumkin


Mikael Sekeyra ham tarkibda ko'p o'zarishlarga qo'l urmasligi mumkin. Quyida "Lokomotiv"ning taxminiy tarkibi


Futbolchilarning fikrlariga quloq tutamiz yoxud Aziz Amonov g'alabalar seriyasi boshlanishiga ishonmoqda. Rasul Yo'ldoshev "Bunyodkor"ga nima yordam berishini aytdi

Aziz Amonov ("Lokomotiv" yarim himoyachisi) - To'g'ri. "Lokomotiv" hali uydagi uchrashuvlarda g'alaba qozongani yo'q. Muxlislarimiz qarshisida g'alaba qozonishga harakat qilamiz. "Bunyodkor"ni kuchsiz jamoa demagan bo'lardim. Derbida ikki jamoa ham g'alaba qozonish uchun maydonga chiqadi.

 

Rasul Yo'ldoshev ("Bunyodkor" yarim himoyachisi) - Tayyorgarlik odatdagidek yaxshi bo'ldi. Ikkita durangdan so'ng g'alaba qozonishimiz shart. "Lokomotiv" bilan o'yin uslubimiz o'xshash. Ertaga qiziqarli va shiddatli o'yin bo'ladi, deb o'ylayman. "Bunyodkor"ga nima yordam beradi? Faqat o'zimizga o'zimiz yordam beradi. Hech kim chetdan kelib ko'mak bermaydi. G'alaba uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Mavsum boshida o'yinimizni yo'lga qo'yish qiyin bo'layotgandi. Hozirda yaxshi holatdamiz, deya olaman.



16 aprel, juma

LOKOMOTIV – BUNYODKOR  18:15

"Lokomotiv" stadioni.

Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Doston Mirzaraimov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR hakami: Aziz Asimov

VAR assistent: Jahongir Saidov

Operator: SHerali Janaliev

Texnik mutaxassis: Otabek Sodiqov

Komissar: Zoxirjon Akramxonov.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика