So’nggi yangiliklar

12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  4 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  1 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  4 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  0 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  6 09:51Артетанинг “Арсенал“даги келажаги маълум  10 09:23“Рома“ бразилиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  1 08:28УEФА “Интер“- “Барселона“ учрашувидаги ҳакамликка муносабат билдирди  34 08:05Европа лигаси. Маунт МЮ сафида илк дублини қайд этди, иккинчи голини эса майдон марказидан урди  0 07:59МЮни финалга олиб чиққан Аморим нималар деди?  1 07:30Суперлига. Бугун 9-тур бошланади. Андижонда “оловли“ ўйин кутмоқда  18 07:05Келаси мавсум бунақаси EЧЛда илк бор бўлади  15 02:46Антони "Бетис"ни Конференциялар лигаси финалига олиб чиқди, "Челси" ҳам финалда!  6 01:55Европа лигасида инглизча финал!  5 01:50Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" жавоб ўйинида ҳам "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва финалга йўл олди  32

Uychi tumanining "Paxtakor-79" jamoasi. Kecha, bugun, ertaga... Yangiliklar

Uychi tumanining "Paxtakor-79" jamoasi. Kecha, bugun, ertaga...

Teglar :  Paxtakor-79
Uychi tumanining "Paxtakor-79" jamoasi haqida.

Namangan viloyati Uychi tumanining "Paxtakor-79" klubi O'zbekistonning tarixiy jamoasi "Paxtakor-79" jamoasining 40 yilligi munosabati bilan Namangan viloyati Uychi tumani hokimi Muhammadayubxo'ja Apakov, Uychi tuman 1-sonli BO'SM direktori Akmaljon Maxkamov, "Paxtakor-79" klubi raisi va homiysi Oybek G'anievning say-harakati va tashabbusi bilan 2019 yilda tashkil qilingan. Jamoa bosh murabbiylari Bunyod Mirzaev, Omiljon Mo'minov, Muzaffar Turg'unovlar futbolchilarga o'z tajribalarini berib kelishmoqda.



Uychi tumanining "Paxtakor-79" jamoasi o'z o'yinlarini Uychi tuman 1-sonli BO'SMga qarashli futbol maydonida o'tkazib kelishmoqda. Jamoa hozirda Namangan viloyati 2-ligasi birinchi davradan so'ng birorta mag'lubiyatsiz yakka peshqadam sifatida yakunlashdi. Hozirda jamoa ikkinchi davraga tayergarlikni olib bormoqda. Jamoada Farhod Tursunov, SHerzodbek To'xtaboev, Anvarjon Siddiqov, SHokirjon Usmonov, Sanjar Toshpo'latov va Abdug'ofir Abdulboqiev kabi tajribali o'yinchilar jamoadagi umidli yosh o'yinchilar Olimjanov Abduxalil, Hayotbek Sotivoldiev, Alisher Abdurahmonov, Abdulaziz Abdusamatov, Omadbek Ismoilov, Humoyun Faxriddinov, Anvar Salimjanov va Dovudbek Hamidullaev kabi yosh futbolchilarga o'z tajribalarini o'rgatib kelishmoqda.



"Paxtakor-79" jamoasida nafaqat kattalar balki ushbu nom ostida 2004 yil va 2009 yilgacha bo'lgan bolalar jamoasi ham mavjud. Yaqinda bo'lib o'tgan 2008 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida Namangan viloyati hokimi kubogida Uychi "Paxtakor-79" jamoasining 2008 yilda tavallud topgan yosh futbolchisi Muhammad Toxirjonov turnirning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.



"Paxtakor-79" jamoasi kelgusi yilda PRO-ligada o'ynash vazifasini o'z oldiga muhim vazifa qilib qo'ygan bo'lib hozirda tuman hokimligi, 1-sonli BO'SM va homiylar bilan birgalikda astoydil mehnat qilishmoqda. "Paxtakor-79" jamoasi hozirgacha bosib o'tgan yo'lida yaqindan yordam berib kelayotgan Uychi tuman hokimi Muhammadayubxo'ja Apakov, 1-sonli BO'SM direktori Akmaljon Mahkamov, Namangan viloyati futbol assosaciyasi va bosh homiy Oybek G'anievga minnatdorchilik bildiradi.

Abdulaziz Abduvohidov tayorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика