So’nggi yangiliklar

11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  0 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  7 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1

Ustoz xotirasi yod olindi Yangiliklar

Ustoz xotirasi yod olindi

Teglar :  SHaip Ablyaykimov
Kuni kecha G'azalkent shahrida sobiq Ittifoq sport ustasi SHaip Ablyaykimov xotirasiga bag'ishlangan respublika futbol turniri bo'lib o'tdi.

Unda 2006-2007 yillardan tug'ilgan o'smirlardan iborat 16 ta jamoa to'rt guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib borishdi. 

Barcha uchrashuvlarni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan Toshkent viloyati sport o'yinlari va engil atletika bo'yicha Ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi jamoasi hamda “Kimyogar” (CHirchiq) jamoalari finalda o'zaro ro'baro kelishdi. Hal qiluvchi o'yinning asosiy qismida kuchlar teng keldi, 2:2. Penaltilar seriyada esa omad chirchiqlik yosh futbolchilarga nasib etdi, 1:0. Uchinchi o'rinni esa Qo'qon va Marg'ilon shahri jamoalari egallashdi. Tashkilotchilar tomonidan tasis etilgan esdalik sovg'alari, diplomlar hamda medallar sovrindorlarga topshirildi. Takidlash joizki, T. Tashmuxamedov boshchiligidagi Toshkent viloyati sport o'yinlari va engil atletika bo'yicha Ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi rahbariyati mazkur musobaqada qatnashgan CHirchiq shahar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga alohida sovrin topshirdi. 

Bellashuvlar yakuniga etgach, turnir tashkilotchisi Erkin Egenovni suhbatga chorladik: - Hozirda o'zim ham murabbiylik sohasida ish yurityapman. Ustozim SHaip Ablyaykimovdan millionla o'yinining dastlabki sir-asrorlarini o'rganganman. Bu yil oltinchi bor u kishining xotirasiga bag'ishlangan ananaviy turnirni uyushtirdik. SHaip Ablyaykimov futbolchilik faoliyati davomida asosan sobiq Ittifoq ikkinchi ligasi bufer mintaqasi klublari safida maydonga tushgan. Toshkent “Traktor” jamoasi sharafini himoya qilgan. Murabbiylik sohasida esa bir qator nomdor charm to'p ustalarini voyaga etkazgan. Jumladan, Andrey Yaravoyni misol qilib ko'rsatish mumkin. Andrey Yaravoy sobiq Ittifoq o'smirlar terma jamoasi sardori bo'lgan. 1991 yili Italiya davlatida o'tkazilgan xalqaro turnirning “eng yaxshi futbolchisi”, deb topilgan va Rim papasidan maxsus sovringa munosib ko'rilgandi... O'ylaymanki, bugun maydonda harakat qilgan yosh futbolchilar olam-olam taassurotlar bilan o'z uylariga qaytishadi.

Fursatdan foydalanib, musobaqani o'tkazishda yaqindan yordam bergan SHaip Ablyaykimovning yaqinlari, do'stlariga o'z minnatdorligimni bildirib qolaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика