So’nggi yangiliklar

23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  1 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  1 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  15 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0

Ustoz Oybek Yunusov 50 yoshda! Yangiliklar

Ustoz Oybek Yunusov 50 yoshda!

Teglar :  Oybek Yunusov
2004 yil birinchi semestr yakuniga etish oldidan kurs rahbarimiz jurnalistika fakulteti talabalarini amaliyotga bo'lib chiqa boshladi.

SHunda men, hozir "Paxtakor"da faoliyat olib borayotgan Behzod Nazarov va yana bir do'stimiz, Kamoliddin Abdullaev bilan "O'zbekiston futboli" gazetasini tanladik. U paytlar o'qishimiz Toshkentning "Beshyog'och" mavzesida joylashgan edi, gazeta esa Beruniy metro tomonlarda, ancha ichkar mahallada.

2003-2004 yillar gazetaning qayta tug'ilgan va gullagan davri sifatida yoshi katta o'quvchilar bilsalar kerak. U paytlar internet tushunchasi hali biz talabalarda shakillanib ulgurmagan. Barcha axborotni gazetalardan olardik. 2004 yil so'nggida Mirjalol Qosimovni "Mashal"ga o'tganligi haqidagi ilk yangilikni ham aynan shu gazetadan o'qib bilgan edim.

Bu gazetaga bo'lgan hurmatimiz katta edi. O'shanda gazetani bosh muharriri boshqa kishi bo'lsada, asosiy ishni Oybek aka Yunusov bajarar edilar. Bizni ilq kutib oldilar va maqolalarimizni kuzatib borish, kezi kelsa gazetada chop etishlarini aytdilar. U paytlarda sport jurnalistikasidagi do'stlarimiz bilan bugungidek tayyor malumotlarni ko'chirib bormas edik. Qish bo'ladimi, jazirama issiq, avtobus, stipendiya olgan bo'lsak "marshrutkaga" o'tirib TTZ bo'ladimi, "Paxtakor" yoki JAR stadionidagi o'yinlar, hech birini qo'yib yubormasdik.

SHu tariqa Oybek aka bilan tanishdik. Keyin ko'p tadbirlarda shogird sifatida qatnashdik. Futbol o'yinlarida ular darvozabon vazifasini bajarar edilar. "O'zbekiston futboli" futbol jamoasi yoshlar evaziga ancha kuchayib olgan edi. Keyinchalik men internet jurnalistikasiga o'tib ketdim, ammo Oybek aka bilan bo'lgan ustoz va shogird munosabati aslo to'xtamadi.

Oybek Yunusov barchamiz qadrlaydigan ustoz Axbor doda Imomxo'jaevning eng yaqin shogirdlaridan biri hisoblanadilar. SHuning uchun Axbor doda qaerga bormasinlar, albatta Oybek aka yonlarida bo'ladilar. So'nggi yillarda meni ham o'z saflariga qo'shib olishdi. Bu ikki inson bilan Amerikaga piyoda borsangiz ham zerikmaysiz. Olis yo'l, ularning hayotiy hikoya va hangomalari bilan tezda bosib qo'yilganini bilmay qolasiz.

Bugun Oybek aka 50 yoshni qarshi oldilar, yubiley! Saytimiz ijodkorlari nomidan ustozni tabriklaymiz!


Nodirxo'ja Yuldashev


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика