So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  4 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

JCH-2022 saralashi. Usmon Toshev: "Mo'g'ulistonga g'alaba uchun keldik" Yangiliklar

JCH-2022 saralashi. Usmon Toshev: "Mo'g'ulistonga g'alaba uchun keldik"

Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Toshev va jamoa yarim himoyachisi Parvizjon Umarboev Mo'g'ulistonga qarshi bo'ladigan JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvi haqida fikr bildirishdi.

Mo'g'uliston va Tojikiston o'rtasidagi bahs seshanba, 10 sentyabr kuni Ulan-Batorda bo'lib o'tadi.


Usmon Toshev, Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi:

- Avvalambor Tojikiston xalqini respublikaning Mustaqillik bayrami bilan tabriklamoqchiman. Barcha tojikistonliklarga tinchilik va farovonlik tilayman! Mo'g'ulistonga qarshi bahsga to'xtaladigan bo'lsak, unga jiddiy tayyorgarlik ko'rayapmiz. Ulan-Batorda bizni iliq kutib olishdi, ob-havo juda yaxshi. Mug'uliston xalqi va bu mamlakatdagi futboldan xabardorman. Mo'g'uliston terma jamoasi JCH-2022 ikkinchi saralashini biz kabi g'alaba bilan boshladi. Raqibimizning Myanmaga qarshi uchrashuvini tomosha qilib, uni tahlil qildik. Mo'g'uliston - yaxshi jamoa. Ertaga bizni qiziqarli bahs kutib turibdi. Ulan-Batorga g'alaba uchun keldik.


Parvizjon Umarboev, Tojikiston terma jamoasi yarim himoyachisi:

- Men ham barcha tojikistonliklarni Mustaqillik kuni bilan qutlamoqchiman! Yigitlarning kayfiyati yaxshi. O'yinga tayyormiz. Mo'g'uliston terma jamoasini mag'lub etib, Mustaqillik kuniga sovg'a qilmoqchimiz. Kecha raqib o'yinini tahlil qildik. Mo'g'ulistonga qarshi o'yin oson bo'lmaydi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика