Usmon Toshev - Andijon bosh murabbiyi
13 iyu 2017 13:52
Yangiliklar
Usmon Toshev - Andijon bosh murabbiyi
Bugun tushlikdan so'ng Andijon futbol klubi qarorgohida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.
Bundan ko'zlangan maqsad, yangi bosh murabbiyni jamoa azolari va ishqibozlarga tanishtirish edi.
Yig'ilishni viloyat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi raisi Ozodbek Saidov o'tkazdi va Andijonning yangi bosh murabbiyi sifatida Usmon Toshevni rasman tanishtirdi.
Ko'pchilikka yaxshi malumki, buxorolik mutaxassis ilgari oliy ligada Buxoro, SHo'rtan va Nasaf singari jamoalarda ishlagan. Usmon Qudratovich oldiga rahbariyat tomonidan jamoa o'yinini yanada kuchaytirish va ijobiy natijalar qayd etish orqali oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yildi. O'z navbatida 52 yoshli murabbiy ham maqsadga erishish uchun astoydil ishlashini bildirib o'tdi.
Andijon matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
23:30
Ildar Mamatkazin: "Navbahor" bilan zo'r final bo'ladi. Muxlislar? Yaxshisi "Bobur Arena"ga keling" 14
Fikrlar