Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi: "Bu jamoada isbotlash kerak bo'lgan narsa bor" Yangiliklar

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi: "Bu jamoada isbotlash kerak bo'lgan narsa bor"

Marselo Belsa Urugvay termasidagi faoliyati haqida gapirdi.

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa o'z qo'l ostidagi dastlabki oltita o'yindan so'ng jamoa bilan ishlash haqidagi his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

"Urugvay futboliga tegishli ekanligimdan juda xursandman. Biz xuddi shu ruhda davom etamiz, bu jamoada hali isbotlash kerak bo'lgan narsa bor", – dedi Belsa.

Eslatib o'tamiz, Urugvay so'nggi 3 ta o'yinda Braziliya, Argentina va Boliviya terma jamoalari ustidan birorta ham gol o'tkazmasdan g'alaba qozondi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика