Urganchda 2004 yilda tug'ilganlar o'rtasida Respublika chempionati start oldi
18 may 2016 13:46
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/208362_original.jpg)
![](/upload/storage/208362_220.jpg)
Urganchda 2004 yilda tug'ilganlar o'rtasida Respublika chempionati start oldi
Bugun Urganch shahrida 2004 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida Respublika chempionati boshlandi.
Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent, Xorazm, Jizzax, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Farg'ona, Buxoro viloyati terma jamoalari qatnashyapti
Unda jami 9ta jamoa 3ta guruhda g'oliblik uchun kurashmoqda. O'yinlar Urganch olimpiya zaxiralari kollejida bo'lib o'tmoqda. Musobaqa 22 mayga qadar davom etadi.
18-20 may kunlari guruh o'yinlari, 21 mayda yarim final, 22 may kuni final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar