Uoker: "Men pul uchun o'ynamayman"
28 jan 2025 17:00
Yangiliklar
Uoker: "Men pul uchun o'ynamayman"
"Milan"ning yangi futbolchisi Kayl Uoker A Seriya klubiga o'tgani haqida fikr bildirdi.
"Men pul uchun emas, zavq olish uchun o'ynayman. "Siti" bilan ishlar unchalik yaxshi ketmadi va hozir bu erda ekanligimning sabablaridan biri ham shu. Ko'proq o'ynash va ko'proq sovrinlar yutish uchun keldim", – dedi Uoker.
Eslatib o'tamiz, Uoker faoliyatining so'nggi yillarini "Manchester Siti"da o'tkazgan va u bilan birga ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan.
Uoker "Milan"da ijara asosida o'ynaydi, ammo "rossoneri" agar xohlasa, ingliz futbolchisini sotib olish huquqiga ega bo'ladi. Tomonlar ehtimoliy shartnoma borasida kelishib olgan. Tajribali himoyachi hozir 34 yoshda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar