So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  0 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

Unutmadingizmi? KAKAni yodga olamiz... Yangiliklar

Unutmadingizmi? KAKAni yodga olamiz...

Rikardo dos Santos Leyte boshqacha aytganda Kaka 1982 yilning 22-aprel sanasida Braziliya poytaxti bo'lmish Braziliya shahrida dunyoga keladi.

Kaka nisbatan o'ziga to'q oilada dunyoga kelganligi uchun yoshligidanoq maktabdan tashqari vaqtini futbol va tennis bilan o'tkazar edi. Kaka 6 yoshga to'lganida uning oilasi Braziliyaning yirik megapolislaridan biri bo'lgan San-Paulo shahriga ko'chib o'tadi. Kaka 7 yoshga to'lganidan so'ng San-Paulodagi “Alfavilli” nomidagi futbolga ixtisoslashgan maktabga qatnay boshlaydi. Kaka 12 yoshga qadam qo'yganida "San-Paulo" skautlarining nigohlari “Alfavilli” jamoasidagi yosh istedodga tushadi va Braziliyadagi gegemon jamoalardan biri bo'lmish "San-Paulo" osongina Kakani qo'lga kiritadi.


Kaka yosh istedodli futbolchilar g'ij-g'ij bo'lgan "San-Paulo" jamoasidagi tengqurlari orasida deyarli ko'rinmas edi. Jismonan nimjonroq bo'lganligi sababli Kaka "San-Paulo" klubining yoshlar jamoasi safida naqd olti yil to'p suradi. 2001-yilning 1-fevral sanasida 18 yoshli Kakaning orzulari qisman ushaladi. Kaka shu kuni jamoasining asosiy jamoasida o'zining debyut bahsida Botofogo klubiga qarshi maydonga tushadi. Oradan uch kun o'tib esa Kaka “Paulista kubogi” doirasida Santos jamoasiga qarshi kechgan bahsda "San-Paulo"dagi o'zining debyut golini kiritadi. SHu yilning mart oyida esa Kaka Rio-San-Paulo kubogining final bahsida yana o'sha Botofogoga qarshi maydonga tushadi, faqat bu safar Kaka Botofogo darvozasiga g'alaba to'pini kiritadi va "San-Pualo" ushbu kubokda birinchi va oxirgi martda g'olib bo'ladi. Kaka o'sha mavsumda 27 bahsda maydonga tushib 12 ta gol uradi va “Don Balon”ning dunyodagi eng istedodli 100 ta yosh futbolchilar ro'yxatidan joy oladi. SHu orqali Kaka "San-Paulo"da baralla o'z so'zini ayta boshlaydi. Kaka keyingi mavsumda Braziliya chempionatida 22 bahsda maydonga tushib 9 ta golga mualliflik qiladi, qolaversa Kaka Pulista kubogi va Rio-San-Paulo kubogi bahslarida ham maydonga tushadi. 2002-Yilda Kakaning hayotidagi eng muhim hodisalardan biri yuz berdi, yani Kaka 2002-yilda Yaponiya va J.Koreyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatiga boradigan tarkibga kiritiladi. 2002-yilgi Jahon chempionati Braziliya – Kosta Rika bahsida Kaka bor-yo'g'i 25 daqiqa maydonda harakat qiladi holos, shu tariqa Kaka Osiyo mundialida boshqa maydonga tushmaydi. Ammo, uyiga “Jahon chempioni” nomi va oltin medal bilan qaytadi.


Bu vaqtga kelib Kaka Evopaning grantlarining hufiya skautlari nigohida edi. 2003-yilda esa 10 bahsda 2 ta gol. 2003-yilning yozida "San-Paulo" rahbariyati “do'ppini bir joyga qo'yib” Kakaga bo'lgan barcha takliflarni o'rganib chiqa boshlaydi, yakunda esa har tomonlama manfaatli taklif bilan chiqgan Milan varianti tanlanadi. 8.5 milion evro. Vassalom! Kaka Milan jamoasi libosida. Kaka ushbu klub safida jami rasmiy bahslarning 59 tasida maydonga tushib 23 golga mualliflik qildi.


Kakaning “Milan”ga qadami qutlug' kelib 2003-yilning avgustida Monakoda bo'lib o'tgan UEFA Superkubogi bahsida Anchelotti qo'l ostidagi “Milan”, Mourino qo'l ostidagi “Portu”ni 1-0 hisobida engadi. Ammo Kaka ushbu bahs qaytnomasiga ham kiritilmagan edi. SHu yilning 1 sentyabr sanasida Kaka “A Seriya”dagi o'zining debyut bahsida maydonga tushadi, 16 sentyabr kuni esa Kaka UEFA CHempionlar ligasida “Ayaks”ga qarshi bahsda debyut qiladi. Futbolchining Milandagi 1 goli ham o'zini uzoq kuttirmaydi. 2003 yilning oktyabr oyida Kaka “Milan” derbisida o'zining Italiyadagi ilk golini kiritadi. Ana shu mavsumda Kaka “Milan” safida 10 ta gol kiritib jamoasi bilan Italiya “A Seriya”sidagi chempionlikni nishonlaydi. 2004 yil 24 noyabr, UEFA chempionlar ligasi guruh bahs uchrashuvlari,”Milan” va Doneckning “SHaxtyor” jamoalari o'rtasidagi bahsda Kaka dubl qayd etadi. 2005 yilning 25 may sanasi. Istambul. UEFA CHempionlar ligasining final bahsi. Maydonda “Milan” va “Liverpul” jamoalari. Ushbu bahsda Kaka maydonda to'liq harakat qiladi, asosiy vaqtda 3:3 hisobi qayd etilganidan so'ng qo'shimcha vaqtlarda hisob o'zgarmaydi va navbat penaltilar seriyasiga keladi. 4-bo'lib to'pga zarba bergan Kaka mo'ljalda adashmaydi. Ammo SHevchenkoning xatosidan so'ng “Milan” UEFA chempionligini qo'sh-qo'llab “Liverpul”ga topshiradi.

Kakaning milliy terma jamoadagi ishlari ham joyida edi. U Braziliya milliy terma jamoasi bilan 2005 yilda Germaniyada Konfederaciyalar kubogida zafar quchadi. 2006 yilgi Jahon chempionatida esa chorak finalda Franciyaga imkoniyat boy beriladi. 2007 yil esa Kaka va “Milan” uchun tom manoda omadli keladi. “Milan” jamoasi 2006/2007 yilgi mavsumda UEFA chempionlar Ligasi finalida “Liverpul” jamoasini 2-1 hisobida mag'lub etib chempion bo'ladi. Kaka esa 10 ta gol bilan ECHLda eng yaxshi to'purar va rasman eng yaxshi o'yinchi deb tan olinadi. 2007 yilda Kaka Evropa qitasining eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'ladi. Oradan ko'p o'tmay Kaka FIFA tomonidan “Oltin to'p” bilan taqdirlanadi. Bu Kakani dunyodagi eng kuchli futbolchi ekanligiga yana bir etirof edi. 2009 yilda Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi Kakaga 100 milion funtlik yog'liqqina taklif bilan chiqadi. Ammo Kaka Milandan ketishni istamaydi. 2009 yilning iyuniga kelib Italiya matbuoti “Real” Kakaga ko'z tikkani va unga taklif bilan chiqqani haqida jar sola boshlaydi. "Milan" vice-prezidenti Antonio Galliani o'ziga qaratilgan barcha mikrofonlarga qarata baralla ovozda: "Biz Kakani hech kimga berib qo'ymaymiz. Biz Kaka bilan gaplashdik. U “Milan”da qoladi", degan so'zlarni aytib o'tgandi.



SHu kabi balandparvoz so'zlar bilan barcha "Milan" jamoasining muxlislarini hovuridan tushiradi. Oradan xech qancha fursat o'tmasdan Galliani Milandagi moliyaviy tanglik haqida so'z ochadi va “Milan” jamoasidagi barcha moliyaviy qiyinchliklarning echimi sifatida Kakani ko'rsatadi. 2009 yilning 8 iyun sanasida “Milan” va “Real Madrid” jamoalari 70 million evrolik bitimga imzo chekishadi. Ushbu shartnomaga ko'ra, Kaka madridliklar bilan 6 yillik bitimga imzo chekadi.

“Real” jamoasi bilan yozgi yig'in davomida har tomonlama o'zini ko'rsatgan megayulduz Ispaniya chempionatida “Deportivo” ga qarshi bahsda o'zining debyut bahsida maydonga tushadi, 5-turga kelib “Real” safida o'zining ilk golini “Villareal” jamoasi darvozasiga kiritadi. 2010 yilning 5 avgust sanasida Kakaning hayotida mudhish hodisa yuz beradi. “Real” rahbariyati OAV qarshisida Kaka jiddiy jarohat olganligi va yangi yilga qadar boshqa maydonga tusha olmasligi haqidagi xabarni elon qiladi. Sakkiz oylik tanafusdan so'ng Kaka “Getafe” ga qarshi bahsning 77-daqiqasida Karim Benzemani o'rniga maydonga tushadi. Oradan bir oy o'tar o'tmas Kakada yana jarohat aniqlanadi, yana bir necha hafta va Kaka jarohatidan forig' bo'lib “Valensiya”ga qarshi bahsda maydonga tushadi va dubl qayd etadi. O'zining ikkinchi mavsumida Kaka jamoasi bilan “Ispaniya kubogi”ni qo'lga kiritadi. 2011 yilning 27 sentyabr sanasida Kaka UEFA CHL da “Ayaks”ga qarshi maydonga tushadi va gol uradi, shu bilan birga o'z hisobiga golli uzatma yozib qo'yishni ham unutmaydi. Mavsum boshidagi chiroyli startdan so'ng ko'plab muhlislar Kakadan ajoyib mavsumni kutishdi. Kaka bundan buyog'iga “Real Madrid” safida asosiy futbolchilar qatoridan joy ola boshladi, aksar uchrashuvlarda asosiy tarkib bilan maydonga tushgan Kaka bora bora maydonda to'liq harakatlana boshladi. Mavsum davomida Kaka “Real Madrid”ning g'alaba va muvaffaqiyatlariga har tomonlama o'z hissasini qo'shishga harakat qildi. Mavsum yakunida Kaka “Real” safida Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi. “Real Madrid” ushbu mavsumda rekord miqdorda “100 ochko” jamg'ardi. Ammo, Kaka Ispaniyadagi butun faoliyati davomida jarohatlar iskanjasi yoki Ronalduning soyasida qolib ketaverdi. 2012 yilning avgustida Kakaning sobiq jamoasi “Milan” madridliklarga Kaka borasida rasmiy taklif bilan chiqdi va transfer tuynigining so'ngi kunida Kaka rasman sobiq jamoasiga ko'chib o'tdi. 85 bahsda 23 gol shu bilan Kakaning Madriddagi faoliyati yakunlandi.


 
Kaka Milanga ko'chib o'tganidan ko'p o'tmay mushaklarini shikaslab oladi va bir muncha vaqtni maydon tashqarisida o'tkazib yuobradi. UEFA CHL doirasida "Barselona"ga qarshi kechgan bahsda Kaka jamoadoshi Robinoga ajoyib golli uzatma oshiradi. Kaka Milanga qaytganidan so'ng o'zining ilk golini “Lacio” darvozasiga joylab qo'yadi. 2014 yilning 30 iyun kuni Kaka milanliklar bilan shartnomasini bekor qiladi va bunga sabab sifatida jamoasining UEFA CHL dan chetda qolganligini ko'rsatadi. Oradan xech qancha o'tmasdan turib, Kaka AQSHning ”Orlando Citi” jamoasi bilan shartnomaga imzo chekadi va shu bilan Rikardo Kakaning “Evropa missiyasi” o'z poyoniga etadi.



Kaka “Orlando siti” jamoasi safida debyut qilmasdan turib o'zining ilk jamoasi Braziliyaning “San-Paulo”  klubiga qisqa muddatga ijaraga beriladi. Kaka “San-Paulo”ga ijara asosida o'tganligiga izoh berar ekan, avvalo AQSHda mavsum boshlanguniga qadar o'z sport formasini yaxshi holatda ushlab turish va o'z yurtida bo'lib o'tadigan mundial oldidan MTJ bosh murabiyi ko'z oldida bo'lish asosiy maqsad ekanligini aytib o'tadi.

Kaka 2014 yilning 3 iyul sanasida qadrdon jamoasi “San-Paulo” mashg'ulotlariga kelib qo'shiladi. 27 iyul sanasida esa Kaka Braziliya chempionati doirasida o'tkazilgan “Goyas”ga qarshi bahsning 76-daqiqasida gol uradi. 9 noyabr sanasida esa Viktoriya klubini darvozasini ishg'ol etadi. Ammo, Kaka harchand urinmasin Braziliyadagi mundialni faqatgina muxlislar qatorida turib kuzatadi. 19 bahs va yuqoridagi ikkita gol shu bilan Kaka “San-Paulo” jamoasi bilan hayrlashadi.

Kaka "Orlando" qarorgohiga kelar ekan, jurnalistlarga anchadan buyon AQSH jamoasiga o'tishni diliga tugib yurgani va "Orlando" jamoasi rahbarlari bilan aka-ukachilik munosabatlari borligini aytib o'tadi. Kaka "Orlando" jamoasidagi debyutida ilk golini "Dallas" jamoasi darvozasiga kiritadi. “Dallas” 4-0 hisobida taslim etiladi. SHu yilning 8 mart sanasida MLS doirasida o'tkazilgan “Orlando” va “Nyu york red bullz” jamoalari o'rtasidagi bahsda Kaka jarima zarbasidan gol kiritadi. 13 aprel sanasida esa Kaka “Portlent Timbers” jamoasi darvozasini penaltidan ishg'ol etadi…



Kaka erishgan yutuqlar:
Jamoaviy:
Rio San Paulo Kubogi: 2001 (“San Paulo”)
Italiya CHempioni: 2003/04 (“Milan”)
Italiya Super Kubogi: 2004 (“Milan”)
UEFA CHempionlar Ligasi: 2006/07 (“Milan”)
UEFA SuperKubogi: 2007(“Milan”)
Klublar o'rtasida jahon CHempioni: (“Milan”)
Ispaniya kubogi: 2010/11 (“Real Madrid”)
Ispaniya CHempioni: 2011/12 (“Real Madrid”)
Ispaniya Superkubogi: 2012 (“Real Madrid”)
Konfederaciyalar Kubogi: 2005/2009 (Braziliya MTJ)
Jahon CHempioni: 2002 (Braziliya MTJ)



SHaxsiy:
Yilning eng yaxshi futbolchisi: Braziliya – 2002
Yilning eng yaxshi futbolchisi: Italiya – 2003/2004, 2006/2007
Eng yaxshi futbolchi: UEFA CHempionlar Ligasi – 2007
Oltin to'p: Klublar o'rtasida jahon chempionati  – 2007
Yilning eng yaxshi futbolchisi: “Oltin to'p” – 2007
Eng yaxshi futbolchi: Konfederaciyalar kubogi – 2009


Xudoyberganov Ulug'bek tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика