So’nggi yangiliklar

07:50Довбик Шомуродов ҳақида фикр билдирди  6 07:25Трент “Реал“да қанча ишлаб олиши маълум  3 02:11АПЛ. Дуранг ўйнаган "Ноттингем Форест" ЧЛ зонасига қайта олмади  2 01:48А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди, аммо жамоа ҳали ҳам кучли саккизликда эмас  1 01:17"Париж" - 46 йилдан сўнг Лига 1да! Унинг стадиони ПСЖ аренасидан йўлнинг нариги томонида жойлашган (мутолаа учун)  2 00:55Моуринью 2010 йилда "Интер"нинг "Барселона" устидан қозонган ғалабаси ҳақида: "Ўша воқеани тасвирлаши мумкин бўлган сўз йўқ"  12 00:50Кафу Рафинья ҳақида: "У билан "Олтин тўп" учун рақобатлаша оладиган ўйинчиларни кўрмаяпман"  3 00:09Рафинья: "Мен Италия терма жамоасида ўйнашга жуда яқин келганман"   4 23:09"Интер"нинг муҳим футболчиларидан бири "Барселона"га қарши ўйнамайди  4 22:47"Олимпик" "ФарДУ"ни таслим қилган баҳсдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:33ЛаЛига жамоаси футболчиларининг бутса ва қўлқопларини ўғирлаб кетишди. Машғулот бекор қилинди  2 21:30БАА. Азизбек Ғаниевнинг голи туфайли "Ал Батеҳ" 3 очкони қўлга киритди  7 21:03Педру Морейра "Пахтакор"ни тарк этди  61 20:54Дани Алвес медиалига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  2 20:38"Европа Лигаси ғолиби ЕЧЛ йўлланмасига эга бўлмаслиги керак" — Арсен Венгер  11

"Universiada" sport musobaqalari: Kecha va bugun Yangiliklar

"Universiada" sport musobaqalari: Kecha va bugun

Teglar :  Universiada
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib etishga alohida etibor qaratilmoqda.

Bu borada, ayniqsa, dunyoda o'xshashi bo'lmagan uch bosqichli noyob tizim – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari bo'lajak etuk sportchilar uchun o'ziga xos pillapoya vazifasini o'tamoqda.

MUSOBAQA TARIXIGA NAZAR

“Universiada” sport o'yinlari tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, uch bosqichli sport musobaqalari 2000 yili Universiada bilan Namanganda boshlangan edi. Ushbu musobaqada 15 terma jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilari soni ko'p bo'lganligi sababli Toshkent shahri ikkita jamoa bilan qatnashdi. Musobaqa yakuniga Namangan viloyati terma jamoasi hammadan ko'p medalga ega bo'lgan holda birinchi o'rinni egalladi. Birinchi “Universiada” sport musobaqalarida 1400 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.  Oradan ikki yil o'tib, Buxoroda ikkinchi “Universiada” sport musobaqalari bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada 1500 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. 15 terma jamoa orasida eng ko'p medalga ega chiqqan Toshkent-1 jamoasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

2004 yili “Universiada” sport musobaqalariga Samarqand shahri mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada hozirga qadar rekord sanalgan 2500 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. Bu safar ham umumjamoa hisobida Toshkent-1 jamoasi etakchilikni qo'lga oldi.

2007 yilgi “Universiada” sport musobaqalari mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida o'tkazildi. Mana shu yildan etiboran Toshkent shahridan bitta jamoa ishtirok etadigan bo'ldi. 2000 nafarga yaqin sporchilarni jamlagan musobaqa barchada katta taassurot qoldirgani turgan gap. Uning yakunlariga ko'ra, Toshkent shahri jamoasi yana shohsupaning eng yuqorisidan o'rin olishdi.

Oradan uch yil o'tib, aniqrog'i, 2010 yilgi “Universiada” sport musobaqalarini o'tkazish Andijonga keldi. Qo'shni viloyatda bo'lib o'tgan musobaqada 1000 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi va yakunda Toshkent shahri jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Nihoyat, 2013 yilgi “Universiada” sport musobaqalari yana kuhna va navqiron Buxoro shahrida o'tkazildi. Bundan uch yil oldin yuqori safiyada tashkil etilgan musobaqada Toshkent shahri jamoasi navbatdagi marta g'oliblikni qo'lga kiritdi va Prezidentimiz tomonidan taqdim etilgan “Damas” avtomabili sohibiga aylandi.

FARG'ONA MEZBON

Hammaga malumki, joriy yilgi “Universiada” sport musobaqalari Farg'onada bo'lib o'tadi. Sport bayramiga aylanib borayotgan “ Universiada” musobaqalarining “Sog'lom ona va bola yilida Farg'onada o'tkazilishi viloyatimiz sportchilari zimmasiga yanada ulkan masuliyat yuklaydi.

Ayni kunlarda mazkur musobaqalarni har tomonlama yuqori saviyada o'tkazish va unda munosib ishtirok etishga qaratilgan tayyorgarlik ishlari qizg'in davom etmoqda. Dasturga kiritilgan turlar bo'yicha mavjud sport inshootlari, mehmonxona va yotoqxonalar hamda boshqa obektlarda qurilish-tamirlash, rekonstrukciya ishlari nihoyasiga etkazilib, qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Mutaxassislar va keng jamoatchilik tomonidan “Kichik Olimpiada”, deb tariflangan uch bosqichli uzluksiz sport tizimi musobaqalari Olimpiya o'yinlari qoida va talablari asosida o'tkaziladi.

Davlatimiz rahbarining 2011 yil 19 yanvardagi “2011-2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori asosida Farg'onada yangi “Istiqlol” stadioni jahon andozalari darajasida qurilib foydalanishga topshirildi.

O'z bag'riga 20 ming tomoshabinni sig'dira oladigan mazkur o'yingoh ko'pchilikning havsini keltirishi turgan gap.

Bundan tashqari, Farg'ona davlat universitetida 3 ming  200 o'rinli futbol maydoni, yopiq suzish havzasi, uchta voleybol maydoni va engil atletika yo'laklari qurilib, foydalanishga topshirildi.

“Universiada-2016” musobaqalari dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha inshootlar, ishtirokchilar joylashtiriladigan mehmonxona, yotoqxona hamda boshqa ijtimoiy-maishiy obektlar zamonaviy andozalarda tamirlanib, jihozlandi. Musobaqa ishtirokchilari uchun o'quv yurtlarining yotoqxona majmualari tamirlanib, qulay shart-sharoitlar yaratildi.

O'ylaymizki, go'zal Farg'onada bo'lib o'tadigan bu galgi “Universiada” sport musobaqasi ham barchada yaxshi taassurot qoldiradi.

Abror Dehqonov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика