Unai Emeri: Sevilyada baxtliman
28 may 2015 02:26
Yangiliklar


Unai Emeri: Sevilyada baxtliman
Sevilya bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa ligasi finalidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Evropa ligasi finaliga yo'l olishimiz biz uchun muhim voqealardan biri bo'lgandi. G'alabadan so'ng endi biz xursandchilikni davom ettirishimiz mumkin. Men "Sevilya"da baxtliman.
Bugun ikki jamoa ham g'alaba qozonishni juda istadi. Bizga qarshi juda kuchli jamoa, jismoniy jihatdan ham ancha baquvvat jamoa o'ynadi.
Tanaffusda men futbolchilardan himoya va hujumdagi balansni bir xil ushlashlarini aytgandim. Biz haqli ravishda g'olib bo'ldik", - deydi Unai Emeri.

Fikrlar