So’nggi yangiliklar

16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  0 16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  0 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  2 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  3 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  3 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  16 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  2 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  10

Umrining ilk daqiqasidan qiyinchiliklar ichra qolgan Mario Balotelli Yangiliklar

Umrining ilk daqiqasidan qiyinchiliklar ichra qolgan Mario Balotelli

Ko'pchiligimiz uning og'ir xarakterini yaxshi bilamiz va ko'pincha tanqid qilamiz. Lekin hech o'ylab ko'rganmisiz, rostdan nega u bunday deb?

Tarjimai hol

Italiyalik jahon futboli yulduzi Mario Balotelli ham maydondagi gollari, ham uning tashqarisidagi janjallari bilan mashhurlikka erishgan. Balotellining o'ziga xos xarakterga ega ekanligi barchaga malum. U o'ziga yoqmagan vaziyatda jim qarab turmaydi va kim ekanligining Marioga umuman farqi yo'q. Balki uning bunday xarakteriga hayotdagi qiyinchiliklari va zarbalarining ham "aybi" bordir.  

U jaxli chiqqanda hatto murabbiylarini ham ayab o'tirmaydi. Bunga misol tariqasida "Manchester Siti"da o'sha vaqtdagi bosh murabbiy Roberto Manchini futbolchining istagiga qaramay, Balotellini ertaroq kiyinish xonasiga jo'natmoqchi bo'lgani, ammo vaziyat umuman boshqacha tus olganini yodga olish kifoyadek.    


Bolaligi va yoshligi

Balotelli biografiyasi dramatik voqeadan boshlanadi: Mario 1990 yil 12 avgust kuni Palermoda dunyoga keladi va umrining birinchi yilini shifoxonada o'tkazadi. Ota-onasi asli Ganadan edi – Mario tug'ilgach oila Banolo-Mellaga ko'chib o'tadi, lekin tez orada chaqaloqqa shifokorlar yordami kerak ekanligi malum bo'ladi. Hazm qilish tizimidagi muammolar tufayli u og'ir operaciyani boshidan o'tkazadi. 

Farzandining davolanishi uchun zarur dori-darmon va shifoxonaning qolgan to'lovlarini amalga oshirish imkoni bo'lmagan ota-ona majburlikdan vasiylik xizmatiga murojaat qilishadi. Natijada Marioni Franchesko va Silvio Balotelli boqib oladi. Mariogacha ham ularning  ikki o'g'li va bir qizi bo'lgan. 

Balotelli katta bo'lmagan Konchezo kommunasida istiqomat qilishgan. Aynan shu er Mario uchun qadrli, vatani, o'z uyi bo'lib qoladi. Franchesko va Silvio malum vaqt o'tgach, Barvua xonadonini qidirib topishadi hamda katta bo'lib qolgan Marioni haqiqiy ota-onasi bilan ko'rishtirish uchun olib borishadi, ammo... Ammo ularga eshikni hech kim ochmaydi.

Yillar o'tib, futbolchi intervyularidan birida o'zi sport yulduzi bo'la boshlagachgina, biologik ota-onasi teleekranlarda ayanchli yuz ko'rinishlari bilan chiqishlar qila boshlashganini yodga oladi. 

Sportchining so'zlariga ko'ra, ular intervyularida Balotellining obro'siga salbiy tasir etuvchi gaplarni aytishgan. 

"Men bunga yo'l qo'ya olmayman. Sababi mening haqiqiy oilam Breshiada istiqomat qiladi va shaharning hurmatga sazovor insonlaridan hisoblanadi; bu mening yagona oilam", - takidlagan Mario.

Balotelli shuningdek bolaligida muntazam irqchilik muammosiga duch kelganini xotirlaydi. Agar maktabda o'g'irlik yuz bersa, negadir birinchi gumondor Mario bo'lavergan. Qo'shni bolalar esa tanasining rangi boshqacha bo'lgani sabab u bilan o'ynashni istashmasdi. 18 yoshga to'lgach, o'smir yigit nihoyat pasport oladi va to'laqonli Italiya fuqarosiga aylanadi, lekin bu atrofdagilarning munosabatini o'zgartirib bera olmaydi.

Yagona najot yo'li futbol edi. Mario bo'sh vaqtini to'liqligicha futbolga bag'ishlaydi. 7 yoshida u "San-Bartolomeo" jamoasida shug'ullana boshlaydi, keyingi o'n yilda u 4-5 ta yoshlar jamoalarida to'p tepishga ulguradi. Ulardan oxirgi ikkitasi – "Lumeccane" va "Inter"da – parallel ravishda asosiy jamoa tarkibida ham maydonga tushadi.


Futbol

Professional futbolda Mario 15 yoshida debyut qiladi. 2006 yil aprel oyida u ilk bor "Lumeccane"ning kattalar jamoasi tarkibida o'yinga tushadi, raqib S Seriyasining boshqa bir vakili "Padove" klubi edi. Mavsum oxirigacha Balotelli yana bir borgina maydonga tushiriladi va yozda boshqa klubga o'tishga qaror qiladi. 

U "Barselona"da ko'rikda bo'ladi, lekin kataloniyaliklarga Balotellining o'yini maqul kelmaydi. Keyinchalik, hujumchi "Manchester Siti"da to'p tepgan vaqtlarda uning "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishi borasidagi mish-mishlarga munosabatini so'rashganda, Mario keskin ohangda "qiz bolalar" bilan birga o'ynash niyati yo'qligini aytadi.

Faoliyatidagi ikkinchi mavsumini Balotelli "Inter" yoshlar jamoasida o'tkazadi. 2007 yildan boshlab "neradzurri" asosiy tarkibida o'ynay boshlaydi. Yosh iqtidor sohibini mavsum oldi o'rtoqlik o'yinida "SHeffild Yunayted"ga qarshi bellashuvda tekshirishadi. Inglizlar o'shanda ikki bor to'pni o'z darvozalaridan olib chiqadilar, Balotelli esa dubl qayd etadi. SHu tariqa, Mario Italiya chempionatida "Inter" sharafini himoya qilish baxtiga loyiq ko'riladi.

Biroq "Inter"ning o'sha vaqtdagi bosh murabbiyi Roberto Manchini forvardga faqatgina dekabr oyida imkon beradi: ichki chempionat o'yinida "neradzurri" "Kalyari" ustidan g'alaba qozonadi. Lekin birinchi golini (ketidan o'sha o'yindayoq ikkinchi golini ham) Mario bir necha kundan keyin "Redjina"ga qarshi bellashuvda uradi. 

Keyingi dubl Italiya Kubogi "Yuventus" bilan uchrashuvda amalga oshiriladi, "Inter" esa musobaqa yarim finaliga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Afsuski, bosh sovrin baribir jamoaga nasib qilmaydi. Lekin "Inter" ichki chempionatda, keyinroq esa mamlakat Superkubogida g'olib bo'ladi va bunda Marioning xizmatlari salmoqli edi.

Keyingi mavsumda Mario chempionat doirasida ikki barobar ko'proq uchrashuvda maydonga tushiriladi va 8ta gol urishga erishadi. "Inter" A Seriyada ishonchli o'yin ko'rsatsa-da, qolgan musobaqalarda "ketmoni uchmaydi" va Manchiniga chiqish eshiklari ko'rsatiladi, bosh murabbiy kursisiga esa Joze Mourinyu o'tiradi. 

Qaxramonimiz sermahsulligi u qadar yaxshilanib ketmagan bo'lsa-da, murabbiy qolganlarni ham kuchayishiga erishadi. Natijada, "Inter" CHempionlar Ligasida ham, Italiya Kubogida ham, A Seriyada ham ko'zlangan maqsadga etadi.

2010 yil Mario Italiya termasi asosiy tarkibida debyut uchrashuvini o'tkazadi – bungacha futbolchi yoshlar o'rtasidagi musobaqalarda mamlakat sharafini himoya qilib kelardi. 

Evro-2012 Balotelli uchun alohida omad keltiradi. Milliy terma tarkibidagi birinchi qora tanli futbolchi bo'lgan Mario jamoani qita miqyosidagi musobaqa finaliga qadar etaklab keladi. Hal qiluvchi bahsda omad Ispaniyaga kulib boqadi. Hujumchi esa chempionatning eng yaxshi to'purari deb topiladi.

"Manchester Siti"ga borgan Manchini klub rahbariyatini ushbu transferga ko'ndiradi va 2010 yil yozida Balotelli Buyuk Britaniyaga yo'l oladi. Kelishuv narxi esa 24 mln. £ tashkil qiladi. "SHaharliklar" tarkibidagi ilk golini birinchi o'yindayoq – Ruminiyaning "Timishoara" jamoasi darvozasiga yo'llaydi. O'yin qandaydir o'rtoqlik bellashuvi emas Evropa Ligasi doirasida bo'lgan, ammo gol urgan Mario tizzasidan jarohat oladi va ikki oyga maydondan tashqarida qolib ketadi.

APLdagi debyut uchrashuvida "Siti"ga Londonning "Arsenal" jamoasi raqiblik qiladi. Omadli o'yinlar bilan, jamoadoshlari bilan maydon tashqarisidagi janjallari parallel ravishda ketadi. O'sha yil dekabr oyida u mashg'ulot vaqtida Jerom Boateng bilan kelisha olmay qoladi. O'yinlarda ham Mario o'ta qo'pol harakat qila boshlaydi va ketma-ket qizil kartochkalar ishlab oladi. 

Klub rahbariyati vaziyatni o'zgartirish, o'nglash maqsadida Balotellining oyligidan malum qismini jarima sifatida ushlab qoladi, lekin befoyda. Sabr kosasidagi suvni toshirgan tomchi: Manchini bilan janjal bo'ladi. Murabbiy va futbolchi o'rtasidagi kelishmovchilik 2013 yilda ro'y beradi. Klub futbolchidan darhol qutilish harakatiga tushadi va uni "Milan"ga sotib yuboradi.

Italiyaga qaytgan Balotelli bir yarim mavsum davomida ajoyib harakat qiladi. U 43 o'yinda maydonga tushadi va 26ta gol uradi. 2013 yil klub uchun CHempionlar Ligasini taqdim etgan gol muallifiga aylanadi. Biroq bir yil o'tgach, "Milan" Evrokuboklardan chetda qoladi va futbolchi o'ziga boshqa klub izlay boshlaydi.

Forvardni "Liverpul" xarid qiladi, ammo bu transfer o'zini oqlamaydi. 16 o'yinda ishtirok etgan Mario bor yo'g'i bir marta gol uradi. Keyingi mavsum avvalida Balotelli ijara asosida "Milan"ga qaytariladi, lekin endi unga ketma-ket jarohatlar pand beradi. Gollar soni o'zgarmaydi – 1ta gol, ammo endi 20ta o'yinda. 

Balotelli uchun og'ir bosqich 2016/2017-yilgi mavsum avvalida o'z yakuniga etadi. "Liverpul" bilan kelishgach, erkin agent sifatida futbolchi "Nicca"ga o'z xizmatlarini taklif qiladi va francuzlar ijobiy javob qaytaradi. Birinchi o'yinidayoq Mario dubl qayd etadi. o'sha mavsum u o'z hisobiga 15ta gol yozib qo'yadi. Ikkinchi mavsum undanda omadli bo'ladi va hujumchi 38 o'yinda 26ta gol urishni uddalaydi.


SHaxsiy hayoti

Mario hozircha bo'ydoq. 2011 yil yozidan 2012 yil bahoriga qadar teleyulduz va model Rafaella Fiko bilan uchrashib yurgan. Juftlikning bir farzandi bor.

Keyinroq Balotelli model va qo'shiqchi Fanni Neguesha bilan munosabatlari malum bo'ldi. 2013 yil ular turmush qurishga qaror qilishadi, biroq 2014 yil sentabrida Fanni aloqalarni butkul uzadi. Bunga u futbolchining o'ta rashkchiligini sabab qilib keltiradi.

2018 yil sentyabrida Mario ikkinchi bor ota bo'ladi: chaqaloqqa Leon deb ism qo'yishadi. Ammo futbolchi o'g'lining onasi kim ekanligini sir bo'lib qolishini istagan.

Italiya OAV xabarlariga ko'ra, Mario nafaqat o'z farzandlariga, balki boshqalarga ham qo'lidan kelgancha yordam beradi. Bazi oilalar dori-darmonga va farzandlarining tahsil olishi uchun ko'mak so'rashganda u o'ylanib o'tirmay yordam qo'lini cho'zadi.  

Balotelli "Tvitter" va "Instagram"da faol. U futbol uchrashuvlari, mashg'ulotlardan rasmlar bilan birga, do'stlari bilan tushgan suratlarni ham o'z sahifasiga joylab boradi. 


Mario Balotelli hozir

Forvard hamon o'zi haqida muntazam ravishda eslatib turibdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Mario terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini elon qilmagan va JCH-18 saralash bosqichida o'zini taklif qilishlarini ochig'i kutgandi, ammo bunday bo'lib chiqmadi va yakunda Italiya terma jamoasi mundial uchun liboslarini namoyish qilishga ham ulgurgan bo'lsada, musobaqa final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. Bunaqasi 60 yil avval bo'lgani etiborga loyiq albatta. Kim biladi deysiz o'shanda Marioni chaqirgan maqulroqmidi...

Mavsumlar oralig'ida Balotelli "Breshia" bilan bir yillik bitimga imzo chekdi, shartnomaning bir bandiga ko'ra, kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Lekin avvalroq bo'lib o'tgan voqealardan so'ng (o'yin vaqtida muxlislar Balotellini "xafa qilishdi", futbolchi yana irqchilik muammosiga yo'liqdi), futbolchi yangi mavsumni qaerda boshlashi nomalum.  


Sovrinlari

2008 – Italiya CHempioni 2007/08 ("Inter" safida)

2008 – Italiya Superkubogi sohibi 

2009 – Italiya CHempioni 2008/09 ("Inter" safida)

2010 – Italiya CHempioni  2009/10 ("Inter" safida»)

2010 – Italiya Kubogi sohibi 

2010 – UEFA CHempionlar Ligasi  

2010 - "Golden boy" mukofoti sohibi

2011 – Angliya Kubogi sohibi ("Manchester Siti" safida)

2012 – Angliya chempioni 2011/12 ("Manchester Siti" safida)

2012 – Angliya Superkubogi sohibi ("Manchester Siti" safida)

2012 – Evropa chempionati kumush medali sovrindori (Italiya termasi safida)



Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика