So’nggi yangiliklar

10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  10 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  7 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  3 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  21 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1

Ummonga Maqsudov jamoasi boradi Yangiliklar

Ummonga Maqsudov jamoasi boradi

O'tgan hafta terma jamoalar murabbiylari masalasiga oydinlik kiritildi.
Jumladan, shu paytgacha mavhum bo'lib turgan jamoada kim bosh murabbiylik qilishini bilib oldik. Ummonda bo'lib o'tadigan 22 yoshgacha bo'lgan terma jamoalar Osiyo chempionatida shu yil yozda Turkiyada o'tkazilgan yoshlar mundialida qatnashgan futbolchilardan iborat jamoa borishi elon qilindi.

Olimpiya terma jamoasiga SHuhrat Maqsudovning boshchilik qilishi to'g'risida bilib oldik. Ummondagi musobaqaga esa qaysi yoshdagi futbolchilarning borishi ham so'roq ostida turgandi. 1991 va 1992 yilda tavallud topgan o'yinchilarmi yoki 2016 yilgi Olimpiadada qatnashish mumkin bo'lgan jamoami? Oxiri o'tgan yili ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lgan 1993 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoaning birinchi marta o'tkaziladigan 22 yoshgacha bo'lgan jamoalar Osiyo chempionatida ishtirok etishi maqul deb topildi. Yaqin orada yig'in o'tkazilmagan bo'lishiga qaramay, aynan ushbu yosh toifasidagi futbolchilar o'tgan yili mundialda qatnashishdi. SHu sababli qisqa muddat orasida o'sha jamoa o'yinchilarini yaxshiroq holatga keltirish imkoniyati mavjud. Qolaversa, navbatdagi chempionat 2015 yil Rio De Janeyro Olimpiadasi yo'llanmasi uchun bo'lib o'tadi. SHunda Ummondagi chempionatda orttirilgan tajriba bu jamoaga yanada qo'l kelish ehtimoli kuchli. O'z navbatida raqiblar yanvar oyida bo'ladigan musobaqaga bizdan 2 yosh kattaroq futbolchilar bilan o'ynagan taqdirda navbatdagi birinchilik arafasida mavqeimizni tushirib yuborish xavfli mavjud. CHunki keyingi chempionat uchun jamoalar savatlarga joylashtirish qay tartibda bo'lishi hali malum emas. Lekin qolgan termalar qanday tarkib bilan kelishi hozircha malum qilinmagan. Reglamentga ko'ra, 1991 yildan boshlab tug'ilgan futbolchilar o'yinlarda ishtirok eta oladi.

Behzod Nazarov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика