Ummonga 1991 yilda tug'ilgan futbolchilar boradigan bo'ldi
23 noy 2013 17:39
Yangiliklar


Ummonga 1991 yilda tug'ilgan futbolchilar boradigan bo'ldi
Ushbu musobaqada O'zbekiston sharafini 1991-1992 yilda tug'ilgan futbolchlar himoya qiladigan bo'ldi.
Olingan malumotlarga ko'ra ushbu jamoa musobaqaga tayyorgarlik ko'rish uchun 10 dekabr kuni Toshkentda yig'iladi.
Osiyo chempionatiga saralash bahslari 2012 yil iyun oyida Nepalda bo'lib o'tgandi. O'shanda Aleksey Evstafeev boshchiligidagi 1991 yilda tug'ilgan O'zbekiston yoshlar jamoasi ishtirok etgandi.
Saralashda o'ynagan futbolchilar ro'yxati: Eldorbek Suyunov, Viktor Mochalov, Zafar Safoev, Davronbek Hoshimov, Farruh Nurliboev, Rustam Azamov, SHerzod Fayziev, Evgeniy Kochnev, Asiljon Begimqulov, Nikita Sviridov, Sardor Rahmonov, Alibobo Rahmatullaev, Eldor Ergashev, SHohruh Gadoev, Pavel Smolyachenko, Dilshod Jo'raev, Sardor Soibov, Isroil Ergashev, Navro'zbek Alimov, Sardor Rashidov, Sardor Mirzaev, Aleksandr Lupashko,
Eslatib o'tamiz, jamoamiz Osiyo chempionati (U22) guruh bosqichida Xitoy, Iroq va Saudiya Arabistoni yoshlariga qarshi o'ynaydi.

Fikrlar