Ummon murabbiyi: G'alaba uchun harakat qilamiz
19 noy 2013 12:33
Yangiliklar

Ummon murabbiyi: G'alaba uchun harakat qilamiz
Ayni paytda Ummon terma jamoasini boshqarayotgan Pol Le Guen bugun bo'lib o'tadigan Suriyaga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bayon etdi.
“Biz uchun bu o'yin juda muhim, - deydi franciyalik mutaxassis. – Ummon bazi sabablarga ko'ra 2011 yil Qatarda o'tkazilgan Osiyo Kubogida ishtirok eta olmagandi. Lekin bu safar Avstraliyaga borishni maqsad qilganmiz. Agar qita birinchiligi yo'llanmasini qo'lga kiritsak, bu butun Ummon xalqi uchun katta bayram bo'ladi. Biz hali guruhdan chiqqanimiz yo'q. SHu bois bayram qilishga biroz erta. Men Suriya ishtirokidagi oxirgi ikkita uchrashuvini ko'rdim va raqib menda iliq taassurot qoldirdi. Natija qanday bo'lishini bashorat qila olmayman, lekin faqat g'alabani ko'zlab harakat qilishimiz bor gap”.
Hussam Al Sayed (Suriya termasi bosh murabbiyi): “O'ylaymanki, uchrashuv nafaqat biz uchun, balki raqib uchun qiyin ham qiyin kechadi. Ummon guruh peshqadami, lekin bizda ham imkoniyat bor. Mening ish boshlaganimga endi ikki haftadan oshdi, shunga qaramay, futbolchilar bilan tezda til topishib keta oldik deb o'ylayman. Biz uchun birinchi yo ikkinchi o'rinning farqi yo'q, muhimi, kerakli ochkolarni jamg'arib guruhdan chiqsak bo'lgani”.
Eslatib o'tamiz, Suriyadagi siyosiy notinch vaziyat tufayli o'yin Gonkongda o'tkaziladi va 15:30da boshlanadi.
Xayrulla Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar