Umid Xudoyberdiev: "Ikki hafta oldin bunday yulduzlar bilan birga o'ynashimni tasavvur qila olmasdim"
24 dek 2015 15:45
Yangiliklar


Umid Xudoyberdiev: "Ikki hafta oldin bunday yulduzlar bilan birga o'ynashimni tasavvur qila olmasdim"
Kechagi xayriya tadbirida Temur Kapadze jamoasida o'ynagan Umid Xudoyberdiev feysbukdagi tanlovda g'olib chiqib bu imkoniyatga ega bo'lgandi.
"Yulduzlar bilan bir maydonda futbol o'ynashni ikki hafta oldin tasavvur ham qila olmasdim. Bugun mana ushbu futbolchilar bilan birga futbol o'ynadim! SHunday o'yinda qatnashganim uchun championat.asia saytiga minnatdorchilik bildiraman.
Bu o'yin albatta oddiy ko'chadagi kabi o'yin emas. Professional futbolchilarga qarshi o'ynash qiyin bo'ldi. Temur Kapadze, Server Jeparov, Odil Ahmedov kabi futbolchilar bilan birga futbol o'ynab o'zim uchun bir olam taassurotlar oldim", - deydi futbol muxlisi bo'lgan Umid Xudoyberdiev.
O’xshash yangiliklar
20:23
"Yosh umidli hakamlar" dasturi bo'yicha O'zbekiston futbol hakamlari markazi yangi loyiha boshladi 0

Fikrlar