So’nggi yangiliklar

00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  0 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  6 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  11 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  228 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  9 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1

Umid Ahmadjonovning Navro'z bayrami tabrigi Yangiliklar

Umid Ahmadjonovning Navro'z bayrami tabrigi

Yurtimizda yangilanish, yosharish ayomi bo'lgan Navro'z bayrami keng nishonlanmoqda.

O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov yurtimizdagi barcha futbol muxlislarini mana shu bahor bayrami bilan muborakbod etadi.

“Bahor ayyomi yurtimizga tinchlik, xotirjamlik, qut-baraka olib kelsin! Yangi mavsumda barchamizga yangi g'alabalar doimo yor bo'lsin! Mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev yurtimizda sportning, xususan, futbolning rivojiga katta etibor qaratib, bizni yangi g'alabalar sari undamoqdalar. Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qaror ushbu fikrimizga asos bo'ladi.

Mazkur qarorning ijrosini taminlash va futbolimizni yangi bosqichga olib chiqish uchun tunu kun mehnat qilib, oldimizda turgan muhim musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan holda, yurtimiz dovrug'ini olamga yoyishda barchamiz birgalikda harakat qilamiz!

Navro'z bayrami nishonlanayotgan shu kunlarda O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoasi ikkitadan o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi. Milliy termamiz safarda Senegal va Marokashga qarshi bahs olib borsa, Olimpiya terma jamoamiz vodiyda Keniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.

Mana shu o'yinlarda vakillarimizga omad va g'alabalar yor bo'lsin!”, - dedi Umid Ahmadjonov.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика