So’nggi yangiliklar

17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  0 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  2 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12

Umid Ahmadjonov Yaponiya Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti bilan uchrashdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Yaponiya Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti bilan uchrashdi

Xabar berib o'tganimizdek, bir necha kun oldin O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Yaponiyaga jo'nab ketgandi.


MOQ rahbari u erda uchrashuvlar o'tkazib, bir qator kelishuvlarga erishgani haqida xam malum qilgandik. Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi bugun, 7 iyun kuni Yaponiya Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Cunekazu Takeda bilan tashkil qilindi. Uchrashuv davomida Yaponiya MOQ rahbariga vice-prezident Yasuo Saito  xamrohlik qildi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlik rishtalarini yanada rivojlantirish, ularni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha muzokaralar olib borishdi. Sir emaski, dzyudo hamda karate kabi Olimpiya sport turlarida Yaponiya terma jamoalari jahonda etakchilardan hisoblanishadi. Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbari o'zbekistonlik sportchilarning Yaponiyada malaka oshirishlarini so'rab, Cunekazu Takedaga murojaat qildi.

"Dzyudo va karate bo'yicha Yaponiya jahonda etakchi mamlakatlar sirasiga kiradi. SHuningdek, Tokioda jahonga mashhur "Kodokan" dzyudo markazi ham joylashgan. Biz o'zbekistonlik sportchilarni aynan shu erda o'z malakalarini oshirib, mahoratlarini yanada toblab olishlarida amaliy yordam ko'rsatishingizni so'rardik. O'ylaymanki bu hamkorlik har ikki tomon uchun foydali bo'ladi ", - dedi uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov.

O'z navbatida Yaponiya MOQ Prezidenti  Cunekazu Takeda bunga javoban O'zbekistondan ham sportning boks, dzyudo, sport kurashlari va og'ir atletika bo'yicha o'rganadigan jihatlar etarli ekanligi, hamkorlik qilishdan Yaponiya tomoni ham manfaatdor ekanligini takidlab o'tdi.


Muzokaralar davomida Yaponiya Milliy olimpiya qo'mitasi bilan jamoaviy sport turlari hamda stol tennisi bo'yicha hamkorlik qilishga ham kelishib olindi. Kelishuvga ko'ra, yaponiyalik mutaxassislar mamlakatimizda ushbu sport turlarini rivojlantirish loyihasida faol ishtirok etadilar. SHuningdek, hamkorlik murabbiylar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, hamkorlikda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish kabi masalalarni ham qamrab oladi.

Malumot uchun, Umid Ahmadjonov 9 iyun kuni Tokiodan to'g'ri Moskva shahriga uchadi. Rossiya poytaxtida FIFA Kongressida ishtirok etib, futbol bo'yicha jahon chempionatining ochilish o'yini – Rossiya-Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni “Lujniki” stadionining martabali mehmonlar lojasidan kuzatib boradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика