So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Umid Ahmadjonov Superliga klublari direktorlari, bosh murabbiylari va hakamlar bilan yig'ilish o'tkazdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Superliga klublari direktorlari, bosh murabbiylari va hakamlar bilan yig'ilish o'tkazdi

Bugun O'zbekiston futbol associaciyasi Birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Superligada qatnashayotgan klublar direktorlari, bosh murabbiylari va hakamlar bilan yig'ilish o'tkazdi.

Bu haqda O'FA Matbuot xizmati malumot berdi. 

Yig'ilish davomida so'nggi paytlarda O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan mamlakatimizdagi hakamlar saviyasini oshirish, yosh hakamlarni tayyorlash borasida ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani takidlandi. SHunga qaramay, hakamlar tomonidan qabul qilinayotgan bazi qarorlar borasida ko'plab bahsu munozaralar yuzaga kelayotgani, bu bahsu munozaralar natijasida hakamlarga nisbatan noto'g'ri fikr shakllanib qolayotgani takidlandi. Ataylab qo'pol xatolarga yo'l qo'yadigan, turli qing'ir ishlarga aralashib yuradigan hakamlar qatiy jazolanishi yana bir bor ogohlantirildi.

SHu bilan birga hakamlar bazan insoniylik omili tufayli xatolarga yo'l qo'yishlari kuzatilayotgani aytib o'tildi. Bunday holatlarda klublar bosh murabbiylari o'yin paytida o'z hissiyotlarini jilovlab, hakamlarga nisbatan haqoratomuz iboralarni ishlatishdan tiyilishlari kerakligi takidlandi. O'FA ekspertlar guruhi tomonidan har bir hakamning harakatlari kuzatib, tahlil qilib boriladi. O'yin natijasiga tasir etuvchi qo'pol xatolarga yo'l qo'yganlar tegishli tartibda jazolanadi. SHu bilan birga bazi qarorlar o'yin vaqtida muxlislarga shubhali tuyulsa-da, mutaxassislar guruhi tomonidan o'rganib chiqilganidan keyin o'sha vaziyatda hakamlar to'g'ri qaror qabul qilgani oydinlashgan vaziyatlar ham bo'layotgani tilga olindi.

SHulardan kelib chiqib, klublar bosh murabbiylari va mutasaddilari doimo O'FA va PFL rahbariyati bilan o'zaro aloqada bo'lib, xato va kamchiliklarni birgalikda bartaraf etib borish taklif qilindi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика