So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  5 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  4 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  14 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

Umid Ahmadjonov “Real Madrid” akademiyasi menejerlari bilan uchrashdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov “Real Madrid” akademiyasi menejerlari bilan uchrashdi

Bugun 22 may kuni yurtimizga “Qirollik klubi” akademiyasining menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablolar tashrif buyurishdi.

 “Real Madrid” akademiyasi menejerlari bilan MOQ prezidenti va O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov uchrashuv o'tkazdi.

Ushbu uchrashuvda "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O'zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg'ulotlar o'tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashish masalalari muhokama qilindi.



Umid Ahmadjonov Ispaniya futboli bugungi kunda butun jahonda o'z o'rniga ega ekanligi, O'zbekistonda ham Ispaniya futboli andozalari asosida ish olib borish yo'lga qo'yilishini malum qildi.  SHuningdek, “Real Madrid” akademiyasidan tashrif buyuradigan mutaxassislar uchun O'FA tomonidan barcha shart-sharoitlar muhayyo qilinishi, asosiy maqsad “Qirollik klubi” akademiyasi ish tajribasini o'rganish, u erda faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan yurtimizda futbolni rivojlantirish borasida tegishli maslahatlar olish ekani takidlandi.

O'z o'rnida Andres Antonio O'zbekistonga tashrif buyurganidan juda xursand ekanini, O'zbekiston futbol associaciyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan holda, bu erda futbolning rivojiga hissa qo'shishga tayyor ekanliklarini malum qildi.


Uchrashuv oxirida Andres Antonio Umid Ahmadjonovga o'zaro hamkorlik belgisi sifatida “Real Madrid” klubi futbolkasini taqdim qildi. O'z o'rnida Umid Ahmadjonov ham Andres Antonio va Xuan Pabloga O'FAning esdalik sovg'alarini topshirdi.

Ertaga ispaniyalik mutaxassislar “Bunyodkor” klubi stadioniga tashrif buyurib, u erdagi shart-sharoitlar bilan tanishishadi. SHuningdek, soat 11:00da ular ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil qilinishi rejalashtirilgan.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика