So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Пахтакор" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  102 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  3 20:50Суперлига. "Динамо" – "Насаф" 2:1 (матнли трансляция)  50 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  2 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  8 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  22 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3 16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  7 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0

Umid Ahmadjonov Qarshidagi "Muruvvat" bolalar uyida bo'ldi FOTO Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Qarshidagi "Muruvvat" bolalar uyida bo'ldi FOTO

Teglar :  Umid AhmadjonovO'FA
Bugun O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Qashqadaryo viloyati futbol associyasidagi umumiy holatni o'rganish va olimpiya sport turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish uchun Qarshi shahriga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Tashrif davomida Umid Ahmadjonov Qarshi shahridagi "Muruvvat" bolalar uyiga borib, u erdagi bolakaylarning holidan xabar oldi.Ushbu bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolajonlarning ko'nglini ko'tarish uchun ularga O'zbekiston futbol associaciyasining sovg'alari ulashildi.

Malumot uchun, ushbu bolalar uyida 4 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan jami 280 nafar bola tarbiyalanmoqda.

"Muruvvat" bolalar uyini ko'zdan kechirish jarayonida bu erdagi mini-futbol maydoni ayanchli ahvolda ekani malum bo'ldi. Umid Ahmadjonov O'FA hisobidan sovg'a tariqasida "Muruvvat" bolalar uyidagi futbol maydonini zamonaviy talablarga mos keladigan tarzda to'laligicha qayta rekonstrukciya qilish, sportni yanada ommalashtirish uchun sharoit yaratish bo'yicha topshiriq berdi. Tez kunda bu erdagi maydoncha yangi ko'rinish kasb etadi.



SHuningdek, bugun kun tartibidan Qarshidagi Olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab internati hamda "Nasaf" klubi bilan yaqindan tanishish o'rin olgan.

Kun oxirida esa viloyat hokimligining majlislar zalida Qashqadaryoda sport, xususan, futbol sohasini rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar, yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar bo'yicha yig'ilish o'tkaziladi va tegishli xulosalar qilinadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика