So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Umid Ahmadjonov Prokuratura organlari xodimlari o'rtasidagi futbol musobaqasi finalida ishtirok etdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Prokuratura organlari xodimlari o'rtasidagi futbol musobaqasi finalida ishtirok etdi

Yurtimizda turli soha vakillari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va sportni, xususan futbolni ommalashtirish borasida ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirilib, bir qator musobaqalar o'tkazilmoqda.

Jumladan, Prokuratura organlari xodimlari o'rtasida ham O'zbekiston futbol associaciyasi bilan hamkorlikda futbol musobaqasi tashkil etilgan bo'lib, bugun mazkur musobaqaning Respublika bosqichi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.  Toshkent temir-yo'llari transporti va muhandislik institutida o'tkazilgan final o'yinida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilovlar ishtirok etishdi.



Final o'yinida Qashqadaryo va Toshkent viloyati prokuraturasi jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Murosasiz kurashlarga boy o'tgan uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa omad Toshkent viloyati prokuraturasi jamoasiga kulib boqdi.

Final uchrashuvidan so'ng g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Finalda muvaffaqiyatga erishgan jamoa azolari hamda musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi, eng yaxshi himoyachisi, eng yaxshi hujumchisi va eng yaxshi darvozaboniga O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика