So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  214 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  6 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  2 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  12 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  13 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  22 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Umid Ahmadjonov La liga bo'lim boshliqlari bilan uchrashdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov La liga bo'lim boshliqlari bilan uchrashdi

O'zbekiston futbol associaciyasi va Ispaniya milliy chempionati La liga o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolangani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ana shu kelishuvga asosan La liganing “Osiyo davlatlari bilan aloqalar” bo'limi boshlig'i Xais Raxmani va “Musobaqalar va turnirlar tashkil qilish” bo'limi boshlig'i Raul Oxedalar yurtimizga tashrif buyurishdi.

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov La liga bo'lim boshliqlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov ispaniyalik mutaxassislarni yurtimizda ko'rishdan xursand ekanini takidlar ekan, o'zbek futboli rivoji yo'lida Ispaniya tajribasini o'rganish asosiy maqsad ekanini aytib o'tdi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun La liga tomonidan yurtimizga  mutaxassislarni jalb qilish, ular tomonidan seminarlar tashkil qilish, O'zbekiston futbol associaciyasi xodimlariga ish faoliyatini yo'lga qo'yish borasida amaliy maslahatlar zarurligini aytib o'tdi.

O'z o'rnida La liga bo'lim boshliqlari o'zbek futboli rivojiga hissa qo'shishga, mutaxassislarni O'zbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan o'rtoqlashishga tayyor ekanini malum qildi.

Xais Raxmani va Raul Oxedalar O'zbekiston futbol associaciyasi va Professional futbol ligasi vakillari va milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar xodimlari uchun seminar o'tkazishadi.

Seminarda milliy chempionat o'yinlarini tashkil qilishda ahamiyat qaratish kerak bo'lgan jihatlar, marketing masalalari, homiylar bilan ishlash, muxlislarni stadionlarga jalb qilish kabi mavzularda fikr almashilinadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика