So’nggi yangiliklar

19:45"Ливерпуль" "Ювентус" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 19:45Суперлига. "Қизилқум" – "Локомотив" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:19"Челси" ва "Атлетико" "Атланта Юнайтед" ўйинчисига даъвогар  1 19:00Суперлига. ОКМК - «Бунёдкор» 0:0 (Матнли трансляция)  1 18:43"Манчестер Юнайтед" ва "Атлетико" "Болонья" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 18:00Максим Шацких: "Украина терма жамоаси ҳозирги таркиб билан Еврода узоққа бориши мумкин"  9 17:26Про лига. "Машъал" сафарда "Олимпик-MobiUz" билан дуранг ўйнади  4 17:11АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди  1 16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  2 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  1 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  8

Intervyu. Umarali Rahmonaliev: "Bunyodkor" - orzular maskani" Yangiliklar

Intervyu. Umarali Rahmonaliev: "Bunyodkor" - orzular maskani"

SHuhrat Maqsudov murabbiyligidagi "Bunyodkor" jamoasi Superliganing 5-turida Yaypanda "Neftchi"ni mag'lub etishga erishdi.

3:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda "qaldirg'ochlar"ning ikkinchi goliga 18 yoshli yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev mualliflik qildi. O'tgan mavsumda asosiy tarkibda debyut qilgan futbolchi bu mavsumda yanada o'sishga erishishi kutilmoqda. "Neftchi" bilan uchrashuvdan so'ng Umaralining fikrlari bilan qiziqdik. 


- Katta futbolga kirib kelganingizga ko'p bo'lgani yo'q. SHu bois dastlab millionlar o'yinidagi ilk qadamlaringiz haqida gapirib bersangiz...

- Futbolga kirib kelishimda otam va onamning hissalari katta bo'lgan, deya olaman. Ayniqsa onajomning o'rnilari bunda bo'lakcha. Sport bilan shug'ullanib jismonan baquvvat bo'lsin, degan maqsadda futbol to'g'aragiga berishgan. 

- Asli namanganlik hisoblanasiz. Toshkentga qanday qilib kelib qolgansiz? Selekciya natijasidami yoki...

- Turnirlarning birida "Bunyodkor" yoshlari bilan o'ynashimizga to'g'ri kelgan. Uchrashuvdan so'ng raqib bosh murabbiyi Alisher aka Ibrohimov taklif qilganlar. Ota-onamdan rozilik olishni murabbiyim bilan birga uddalagandik. SHu tariqa 2015 yilning yozida ustozim Mahkam aka Sobirov bilan birga Toshkentga kelganmiz. "Bunyodkor"dagi ilk murabbiylarim Alisher aka Ibrohimov va Furqat aka Samegov. 

- Kante laqabini kim bergan?

- Akademiyada to'p tepayotgan vaqtimda akalarim Kante laqabini qo'yishgan. Albatta Kanteni o'yinlarini kuzatib boraman. U mening kumirim.

  


- "Bunyodkor"ni bir so'z bilan tariflab bera olasizmi?

- Men uchun bu klub orzular maskani. CHunki barcha sharoitlar bor. Futbolchidan esa faqat mehnat talab qilinadi, xolos. 

- Joriy mavsum siz va jamoa uchun yaxshi ketmoqda...

- SHunday davom etishimiz kerak. Murabbiyimiz aytganidek bir zum ham bo'shashishga haqqimiz yo'q. O'yinimizni yanada yaxshilab ijobiy natijalar qayd etishimiz lozim. "Bunyodkor" muxlislari doim g'alaba istashadi, biz ham. SHu bois har bir o'yinda maydonda borimizni tashlaymiz. 

- Umarali Rahmonaliev oldiga qanday maqsad qo'ygan?

- Faqat oldinga. Men uchun ortga yo'l qolmagan. Hali xatolarim, ishlaydigan jihatlarim ko'p. Xudo xohlasa Evropa jamoalarida to'p tepishni maqsad qilganman. Bunga esa faqat mehnat orqali erishish mumkin.


- "Neftchi" bilan o'yinda "Bunyodkor"ning g'alabasida asosiy omil nima bo'ldi?

- O'yin qiziqarli kechishi oldindan malum edi. Katta ishtiyoq va kuchli xohish evaziga safarda muhim uch ochkoga ega chiqdik. 



Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Qiziqarli intervyu va faktlar, statistika, retro o'yinlar, mutaxassislar fikrini quyidagi kanalda ham kuzatib borishingiz mumkin. INTERVYULAR.

CODE

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика