So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Umar Xarbin: “O'zbekistonga qarshi o'yinda ochko olishga harakat qilamiz” Yangiliklar

Umar Xarbin: “O'zbekistonga qarshi o'yinda ochko olishga harakat qilamiz”

O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2018 uchinchi saralash bosqichi doirasidagi raqibi Suriya terma jamoasining eng yaxshi futbolchilaridan biri Umar Xarbin FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

“Ikkinchi boschidagi barcha o'yinlarimiz og'ir kechdi. Qitada barcha terma jamoalar o'yini sezilarli o'sishga erishgan”, - deya so'z boshladi Suriya terma jamosining Jahon chempionati saralashidagi to'purari.

“Masalan, Singapur terma jamoasi bizga etarlicha muammolar yaratdi. Buni hisobdan ham ko'rish mumkin. Ularning maydonidagi o'yinimiz hammasidan ham qiyin o'tdi. Ayniqsa ularning so'nggi daqiqalarda gol kiritishi, hammasisni yanada murakkablashtirib yubordi. Ammo men so'nggi soniyalarda gol urdim. Bu mening saralash bosqichida kiritgan eng muhim golim bo'ldi, deb ayta olaman. CHunki bu gol qo'shib berilgan daqiqalarning ohirgi soniyalarda kiritildi va aynan mana shu gol terma jamoaning uchinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishida muhim rol o'ynadi”.

Suriyalik hujumchiga saralashning uchinchi bosqichi mamlakat futboli tarixida yangi bo'limni yozish uchun yaxshi imkoniyat. Ushbu bosqichda u yana to'rt gol kirita olsa, 2002 yilgi Jahon chempionati saralashida 11 gol kiritib, Suriya terma jamoasi rekordini o'rnatgan Said Boyazidning rekordini yangilaydi.

“Boyazidning rekordini yangilash – keyingi bosqich o'yinlarida menga qo'shimcha motivaciya manbasi bo'lib xizmat qiladi”, - deydi 22 yoshli futbolchi.

Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichidagi raqiblar haqida gapirar ekan, jumladan shunday dedi:

“Bizning guruh “V” guruhidan ko'ra murakkabroq, deb o'ylayman. CHunki barcha jamoalar birdek kuchli. Biroq imkonsiz ishning o'zi yo'q. Agar ikkinchi bosqichda ko'rsatgan o'yin darajamizni yana namoish eta olsak, maqsadimizga erishishimiz mumkin”.

“Guruhdagi eng kuchli jamoa – Eron deb o'ylayman. Koreyaning holati avvalgidan biroz pasaygandek. Avvalgi bosqichda Livanga qarshi o'yindagi mag'lubiyat ham shuni ko'rsatib turibdi. Qolgan raqiblar ham juda yaxshi jamoalar: Xitoy so'nggi vaqtlarda ancha o'sdi, Qatarda bir necha juda iqtidorli futbolchilar bor. Biroq menimcha bu jamoalar bilan raqobatlasha olamiz. Bizning maqsadimiz, bir necha g'alabalarni qo'lga kiritib, guruhda ikkinchi, hech bo'lmasa uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdir. Uchinchi o'rin ham yo'llanma uchun kurashni davom ettirish huquqini beradi”.

Suriya uchinchi bosqichni Toshkentda, 1 sentyabr kuni boshlaydi. O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi kechadigan o'yin haqida futbolchi quyidagilarni takidladi:

“Aminmanki, o'yin har ikki jamoa uchun og'ir kechadi. Ayniqsa o'yinning Toshkentda, ularning o'z uyida kechishi qo'shimcha qiyinchilik tug'diradi. Biroq biz ushbu safar o'yinida ochko qo'lga kiritishimiz kerak”.

“Biz uchun eng muhimi – Suriyaliklar yuziga tabassum ulashish. Umid qilamanki, bu maqsadda terma jamoaning barcha futbolchilari birlashadi”.

“Mamlakat boshiga tushgan ushbu murakkab bir davrda vatandoshlarimiz qalbiga bir oz bo'lsada iliqlik olib kirmoqchimiz. Mana shu bizni o'yinlarga chog'layotgan, ishtiyoq berayotgan, asosiy motivaciyamiz. Biz doim muxlislar haqida o'ylaymiz va mid qilamanki, biz Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritamiz va og'ir onlarni boshdan kechirishiga to'g'ri kelgan vatandoshlarimizga kichik bir quvonch bag'ishlaymiz”, - deydi Umar Xarbin. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика