Umar Abdulrahmon: "Bu faqat mening yutug'im emas"
02 dek 2016 14:44
Yangiliklar
Umar Abdulrahmon: "Bu faqat mening yutug'im emas"
"Bunday sovrinni qo'lga kiritish katta sharaf", - deb gap boshladi 25 yoshli Umar Abdulrahmon OFK prezidenti SHaxy Salmon bin Ibrohim Al Xalifaning qo'lidan 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan sovrinni olganidan so'ng.
"Bu faqat mening yutug'im emas, bu BAA terma jamoasi va "Al Ayn" klubining murabbiylari va futbolchilarining ham yutug'i".
"Otam mening g'alabalarimni ko'rishi har qanday sovrindan ko'ra qadrlidir. Men barchasini otam va oilam uchun qilayapman".
"Statistik malumotlarga ko'ra bu yil mening faoliyatimdagi eng yaxshisi bo'libdi. SHunga qaramay Osiyo chempionlar ligasida g'olib bo'la olmadim. SHunday ekan keyingi yilgi maqsadim aniq. Bundan tashqari kelajakda yana Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lishni istayman".
"Agar Evropadan yaxshi taklif tushsa albatta uni ko'rib chiqishim kerak. Biroq "Al Ayn" ajoyib klub, uning tarkibida o'ynashni ko'pchilik orzu qiladi", - deydi Umar Abdulrahmon OFK rasmiy saytiga.
Fikrlar