Ulug'bek Mirzaev Bunyodkorni qo'llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirdi
02 dek 2019 19:02
Yangiliklar


Ulug'bek Mirzaev Bunyodkorni qo'llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirdi
Xabaringiz bor, Coca Cola Superliganing 2019 yilgi mavsumidagi so'nggi Bunyodkor - So'g'diyona uchrashuvidan keyin qaldirg'ochlar Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Oxirgi bor 2017 yil CHempionlar Ligasida ishtirok etgan «Bunyodkor» 2020 yil yana xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiladi.
«So'g'diyona»ga qarshi o'yindan keyin «Bunyodkor» futbol klubi Bosh direktori Ulug'bek Mirzaev barchaga, jumladan, klub prezidenti Ashurov Ulug'bek Murodilloevichga, jamoaning bosh homiysi «Uztransgaz» kompaniyasiga, tijoriy hamkorlarga o'z minnatdorchiligini bildirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar