Ulug'bek Baqoevni tabriklaymiz!
28 noy 2018 12:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/464760_original.jpg)
![](/upload/storage/464760_220.jpg)
Ulug'bek Baqoevni tabriklaymiz!
Buxoro futboli haqida gap ketganida, Ulug'bek Baqoev nomini ham eslab o'tish lozim bo'ladi.
Futbolchilik davrida to'purarlik mahorati evaziga minglab ishqibozlar qalbidan joy olgan Baqoev, o'tgan yil murabbiylikdagi dastlabki qadamlarini tashlab, bu borada ham qisman bo'lsada o'zini ko'rsatishga erishdi.
Bugun “Buxoro” futbol klubi bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoevning tug'ilgan kuni. "Buxoro" ustozi o'zining 40 yoshini qarshi olmoqda. SHu munosabat bilan “Buxoro” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va klubning barcha ishchi-xodimlari Ulug'bek Istamovichni tavallud ayyomi bilan muborakbod etadi.
U kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va mamlakatimiz futbolini rivojlantirish yo'lidagi fidokorona ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar