Ulug'bek Baqoev: “Uch nafar xujumchi bilan tavakkal qildik”
31 may 2017 07:35
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev: “Uch nafar xujumchi bilan tavakkal qildik”
O'zbekiston kubogi 1/8 final javob uchrashuvida “So'g'diyona” “Buxoro”ni qabul qildi va mag'lubiyatga uchradi (0:3).
Birinchi o'yinda 1:1 natija qayd etilgandi. Ushbu bahsdan so'ng mehmonlar murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumaniga qatnashdi.
- Uydagi durangdan so'ng biz bugungi o'yinda uch nafar xujumchi bilan o'yinni boshladik. Biz tavakkal qilgan edik va muhimi natijaga erishdik. Keyingi bosqichdamiz bu uchun xursandmiz. Keyingi bosqichda “Lokomotiv” bilan bahs olib borishimiz mumkin. Bu jamoani yaxshi tomondan bilamiz va keyingi bosqich o'yiniga yaqin bu jamoaga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz", – deydi Baqoev.
“So'g'diyona” matbuot xizmati
Fikrlar