So’nggi yangiliklar

07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   4 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  6 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  2 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  1 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  2 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0

Ulug'bek Baqoev: "So'nggi o'n ikki kun ichida to'rtta o'yin o'tkazdik. Yigitlar bor kuchlari bilan harakat qilishdi" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "So'nggi o'n ikki kun ichida to'rtta o'yin o'tkazdik. Yigitlar bor kuchlari bilan harakat qilishdi"

Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Qizilqum" qoldirilgan uchrashuvidan (0:3) so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev qatnashdi.


- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Nima deyishim mumkin. O'yin boshidanoq barchasi teskari ketdi. Bu futbol.  Biz so'nggi o'n ikki kun ichida to'rtta o'yin o'tkazdik. Yigitlarim bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Ularga rahmat aytaman. Muxlislar qiyin paytda ham futbolchilarni qo'llab-quvvatlashlarini so'rardim. Sababi, futbol faqat g'alabadan iborat emas.. Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Oldimizda ikkinchi davra bor. Raqibni g'alab bilan tabriklayman.

- Jasur Hasanov nega asosiy tarkibda maydonga tushirilmadi?

- Luka CHermal kasalxonaga tushib qoldi. Unining ko'richagi olib tashlandi. Jasur Hasanovga esa ketma-ket uchta o'yindan so'ng dam bermoqchi edim. Jasurni ham tushunish kerak, u temirdan emas. 

- SHoxruz Norxonovni zaxiraga olayotgan paytingiz u biroz etiroz bildirdi..

- Bu emociya natijasida bo'ldi. Bo'lib turadi. Hech qanday ortiqcha narsa bo'lmadi. U ham qisqa muddat ichida uchta o'yinda maydonga tushgandi. SHu sabab ham uni zaxiraga oldim. 

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика