Ulug'bek Baqoev: "Ikki nafar himoyachi bilan shartnoma tuzdik"
05 iyu 2017 18:42
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev: "Ikki nafar himoyachi bilan shartnoma tuzdik"
"Juda issiqda o'ynadik. Menimcha bugun munosib natija qayd etdik. Raqibimizning maqsadlari va ayni paytda oliy ligada birinchi o'rinda borayotganini barcha biladi. Oldinda ikkinchi o'yin bor.
Filiposyan Moskvaga uchib ketdi. Jarohatini tekshirtirib qaytadi. Uni ikkinchi davrada kutamiz.
Baenko kuni kecha uylandi. U ancha oldin birinchi davra tugashi bilan to'yini belgilab qo'ygan edi. O'sha paytda kubok o'yini qo'ylishi rejada yo'q edi. Uni ham ikkinchi davrada jamoada kutamiz.
Kirill Pasichnik sog'ligini davolab bo'ldi va ikkinchi davraga to'liq tayyor bo'ladi.
11 iyul kuni ikkinchi davraga tayyorgralikni boshlaymiz. Muxlislarimizga katta rahmat aytmoqchiman. Menimcha birinchi davrada munosib ishtirok eta oldik. Ikkinchi davrada ham har bir o'yinda g'alaba uchun o'ynashga vada beramiz. Umid qilamizki ikkinchi davrada yanada yaxshiroq natija qayd etamiz.
Ikki nafar himoyachi bilan shartnoma tuzib bo'ldik. Ammo hozircha buni oshkor qilmay turaman. Ivor Veycer ham ikkinchi davrada jamoamizda o'ynashga vada bergan", - deydi Baqoev.
"Buxoro" matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar