So’nggi yangiliklar

00:36Моуринью дисквалификация қилинди  0 00:18АПЛ. 27-турнинг сўнгг ўйини асосий таркиблари маълум қилинди  1 23:59А Серия. "Болонья" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:40Тарихга назар. Ўзбекистон терма жамоаси мағлуб бўлган пенальтилар сериясини ёдга оламиз  2 23:13Саудия Арабистони ЖЧда ярим финални мақсад қилади  3 22:51Озарбайжон. Ўзбек футболчилари дербисида Раҳмоналиев жамоаси йирик ғалаба қайд этди  2 22:16Гюлер "Реал"дан кетмоқчи эмас  5 21:51Қозоғистон клуби ўзбекистонлик футболчилар трансферини эълон қилди  1 21:14Куртуа термага қайтмоқда!  0 20:49Эрон чемпионати. "Истиқлол" мағлуб бўлди, Машарипов ва Кожо захирадан майдонга тушди  7 20:27ЎзПФЛ 4 клубнинг U21 жамоаси учун майдонини қабул қилмади, 1-турдаги 1 ўйин ўтказилмайди  4 20:02Рой Кин Бруну Фернандеш сардорлиги ҳақида: "У биз кутган сардор эмас, иқтидорли бўлишнинг ўзи камлик қилади"  2 19:32Ла Лига ҳакамларини танқид қилгани учун "Реал"га нисбатан иш очилди  23 19:18"Манчестер Сити" янги футболчи жамоа сафига келиб қўшилганини эълон қилди  2 18:41Себальос мушак жароҳати туфайли сафдан чиқди  1

Ulug'bek Baqoev: "Hech kimga ro'za tutishni taqiqlay olmayman" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Hech kimga ro'za tutishni taqiqlay olmayman"

"So'g'diyona" - "Mashal" (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.





"2:0 hisobida oldinga chiqib oldik, gol o'tkazib yuborgach o'yinimizni yo'qotib qo'ydik. Penaltidan gol ura olmadik, so'nggi soniyalarda avtogol qayd etdik va ikki ochko yo'qotdik. Lekin bu futbol, hech kimni ayblamoqchi emasman. 6ta turda 12 ochko to'pladik, bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi. Keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.

"So'g'diyona" ikkinchi taymda biroz kuchsiz o'ynamoqda? Bu ruhiy holat bilan bog'lik. Yigitlar gol o'tkazib yuborishdan qo'rqib himoyaga ko'proq ahamiyat berishadi. Bu hech qanday taktika yoki boshqa narsa emas. O'tgan turda Sahob Rashidov zaxiradan tushib ikkita gol urishi mumkin edi. Bugun ham ikkinchi penaltidan gol urganimizda o'yin natijasi umuman boshqacha bo'lardi.

Hozir barcha o'yinlar og'ir o'tmoqda. Har bir raqib jiddiy qarshilik ko'rsatmoqda. Bu mavsum har bir ochko oltinga teng. "Surxon" bilan o'yinni eslang, bizning darvozamizga penaltidan gol ura olishmagandi va biz g'alaba to'pini kiritib yutib ketgandik. SHu bois rahbariyat va boshqalar buni to'g'ri tushunishlarini istardim.

Mavsum endigida boshlandi. Tarkibimizda bor futbolchilar boshqalarga raqobat qilishlarini istardim. Yozda balki 1-2 yangi futbolchini taklif qilarmiz, balki umuman hech kimni taklif qilmasmiz.

Men hech kimga ro'za tutish yoki tutmaslikni ayta olmayman. Barcha futbolchilar katta insonlar va ularning o'zlari hal qilishadi. Ramazon bir yilda bir oy davom etadi, shu bois bunda muammo ko'rmayapman.

Penalti tepish borasida ikki futbolchi nomini elon qilamiz. O'yin paytida Jasur Hasanov tepishga qaror qilishdi va u tepdi.

Sahob Rashidov bugun nega tushmadi? Jamoada 20 nafar futbolchi bor. Har bir futbolchi maydonga tushishini xohlaymiz. Ammo zaxiradan 3 nafar futbolchi tushadi. SHunday ekan barchaga o'ynash imkoniyatini beramiz", - deydi Ulug'bek Baqoev.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика